• MIQDORIY ANALIZDA ISHLATILADIGAN IDISH VA QURILMALAR. IDISHLARNI YUVISH
  • Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A




    Download 1.77 Mb.
    bet2/21
    Sana04.04.2023
    Hajmi1.77 Mb.
    #48707
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар
    malumot dars , Buxoriy - Vikipediya, 6.Zamon.kom.ning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari, Nurmatov Abu Bakr Siddiq Mustaqil ish Sotsalogiya, 9-mavzu bo\'yicha test, ReadMe UzTransLit, ing1, ing4, amaliy mashg\'ulot 4, 1700153920, Referat Mavzu Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayo, 13 – amaliy mashg’ulot, 3-sinf-sinf-soati-ish-reja-va-konspekti, 2-lab
    1- LABORATORIYA MASHG’ULOTI
    MIQDORIY ANALIZDA ISHLATILADIGAN ASBOB VA IDISHLAR


    A) Laboratoriyada ishlash tartib qoidalari:

    Laboratoriya ishini bajarish uchun har bir talabaga alohida joy ajratiladi va bu hamma mashg’ulotlarda saqlanib qoladi.


    Ish joyi kerakli asbob-uskuna va idishlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Ish joyi nihoyatda toza bo’lishi zarur. Ish joyida faqat kerakli reaktivlar va asboblar turishi zarur. Shuningdek, laboratoriya jurnali ham bo’lishi kerak. Tajribalarni har bir talaba alohida, zarur bo’lganda guruhlarga bo’lib bajariladi. Laboratoriyada talaba albatta xalatda bo’lishi talab etiladi.
    Laboratoriya ishini faqat o’qituvchi ruxsat bergandan so’ng, bajarish mumkin. Bu vaqtgacha o’qituvchi tomonidan talabaning laboratoriya ishini bajarish uchun etarli bilimga ega ekanligini bir qator savollar yordamida aniqlab olinadi. Shundan so’ng talaba kerakli jihozlarni yig’ib, sintez uchun tayyorlaydi. Tajribani boshlashdan oldin yig’ilgan jihoz to’g’riligiga yana bir bor ishonch hosil qilish uchun tekshirish ko’rish kerak. Tajribaga moddalarni ishni bajarish tartibida ko’rsatilgan miqdorda aniq o’lchab olinishi kerak.
    Tajribani bajarish davomida albatta xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur.
    Ish tugagandan so’ng jihozlar ajratib olinib, tozalab yuvib quritiladi va joy-joyiga qo’yiladi.
    Kuzatilgan tajribadagi o’zgarishlar natijalar xulosalar va reaktsiya tenglamalari laboratoriya jurnalida qayd etiladi, so’ng o’qituvchi tomonidan yakuniy xulosa qilib imzolanadi.

    MIQDORIY ANALIZDA ISHLATILADIGAN
    IDISH VA QURILMALAR. IDISHLARNI YUVISH
    Amaliy mashgg’ulotlarni bajarishda maxsus asboblar, shisha, chinni, metall, platsmassa yoki boshqa ashyolardan tayyorlangan idishlardan foydalaniladi. Ularning ayrimlariga qisqacha tag’rif beramiz. Mufel pechlari – o’zgaruvchan elektr manbaida ishlaydi, ular cho’kmalarni kuydirish va moddalarni eritish uchun ishlatiladi. Isitgich asboblar sifatida har xil «hammom» lar ishlatiladi. «qumli hammom» da tuzlarni parchalash va yuqori qaynash haroratiga ega bo’lgan suyuqliklarni bugg’latish jarayoni amalga oshiriladi. Ayrim hollarda, suyuqliklarni isitish va bug’latish uchun «havo hammomi» dan yoki «suvli hammom» lardan foydalaniladi. quritish shkaflari – cho’kmalarni, har xil shisha idishlarni quritish uchun ishlatiladi, bulardan «elektr isitgichli» shkaflar qulayroq, chunki ular kerakli haroratni bir xilda saqlaydigan maxsus moslama bilan tag’minlangan.
    Tarozi va tortish. Kimyo ilmidagi ko’pchilik amaliy tajribalarda 0,02 g xatolikkacha tortish kifoya qiladi. bunday aniqlikdagi tortishlar texnik tarozilarda bajariladi, ular laborantlar tomonidan sozlanib, har bir xonaga o’rnatilishi lozim. Har bir tarozi oldida qo’tichalarda toshlar va ulardan foydalanish uchun qisqich qo’yiladi. Toshlar tarozining o’ng pallasiga, og’irligi aniqlanadigan jismlar chap pallasiga qo’yiladi. Kimyoviy moddalarning miqdori va turiga qarab soat oynasi, byuks yoki qo’ozlarda tortiladi. Tarozi toshlarini faqat qisqichlarda ushlash tavsiya etiladi.

    1-rasm. quritish shkaflari


    Amaliy mashg’ulotlarni bajarishda asosan yupqa devorli shisha idishlar ishlatiladi. Ular haroratining keskin o’zgarishiga chidamli. Ko’plab probirkalar, tsakanlar, tagi yumaloq va yassi kolbalar, konussimon kolbalar va boshqalar ishlatiladi. Kimyoviy tsakanlar cho’kmalarni hosil qilishda, eritmalarni tayyorlashda, suyuqliklarni bir-biriga quyishda ishlatiladi. Shisha tayoqchalardan eritmalarni aralashtirishda, suyuqliklarni filtrga quyishda, ayrim hollarda cho’kmalarhosil qilishda foydalaniladi. Shisha voronkalar – suyuqliklarni boshqa idishga quyishda, filtrlashda ishlatiladi. Soat oynalari – moddalarni tortib olishda, stakanlar va chinni idishlar utsiga yopib, chang va har xil iflosliklardan saqlashda ishlatiladi. Shisha byukslar, ya’ni shliflangan qopqoqli stakanchalar – havo tag’sirida o’zgaradigan moddalarni saqlash va tortib olish uchun ishlatiladi. Chinni kosachalar eritmalarni quriguncha bugg’latib, hosil bo’lgan cho’kmalarni quritish uchun ishlatiladi. Yuvgichlar cho’kmalarni filtrga to’liq o’tkazish, ularni yuvish, filtrdan cho’kmalarni to’liq yuvib olish uchun ishlatiladi. Yuvgich yordamida ish joyidan qo’zg’almagan holda tajriba davomida ishlatiladigan kimyoviy idishlarni yuvish mumkin. 1-2 rasmda yuvgichning tasviri ko’rsatilgan.

    2-rasm. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan idishlar.

    3 – rasm. Filtrlash.

    4-rasm. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan idishlar.



    Download 1.77 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1.77 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A

    Download 1.77 Mb.