Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A




Download 1.77 Mb.
bet9/21
Sana04.04.2023
Hajmi1.77 Mb.
#48707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
portal.guldu.uz-Лаборатория учун услубий курсатмалар
malumot dars , Buxoriy - Vikipediya, 6.Zamon.kom.ning tuzilishi, apparat va dasturiy modellari, Nurmatov Abu Bakr Siddiq Mustaqil ish Sotsalogiya, 9-mavzu bo\'yicha test, ReadMe UzTransLit, ing1, ing4, amaliy mashg\'ulot 4, 1700153920, Referat Mavzu Axborot xavfsizligida risklarni boshqarish jarayo, 13 – amaliy mashg’ulot, 3-sinf-sinf-soati-ish-reja-va-konspekti, 2-lab
5-LABORATORIYA ISHI


Mavzu: Kalsiy miqdorini aniqlash
Ajratilgan vaqt-__soat

Turli obektlar tarkibidagi kalsiyni aniqlash uni eritmaga o’tkazish, masalan CaCO3 berlgan bo’lsa:


CaCO3+2HCl = CaCl2+CO2+ H2O
Eridmadagi kalsiyni kalsiy oksalat shaklida cho’ktirish:
CaCl2 +(NH4)2C2O4=CaC2O4 +2NH4Cl
Va uni kuydirib, kalsiv oksidi
CaC2O4=CaO+CO+CO2
Olishga asoslangan.
CaC2O4 kristallari mayda bo’lib filtrdan o’tib ketishiga juda moyil cho’kma bo’lganligi uchun cho’ktirishni extiyotlik bilan to’yingan eritmadan kislotali muxitda o’tkazish kerak. Bu vaqtda sodir bo’ladigan jarayonlarni quyidagicha izoxlash mumkin. Oksalat kislota iki bosqichda dissosialanadi.
Eritmada qo’shilagan C2O42- ionni teskari jarayon bo’yicha HC2O4- va H2C2O4 bog’laydi, oqibatda eritmadagi oksalat ioni kontsentratiyasi sekin kamayib borishi natijasisda yirik kristall cho’kma xosil qilish va kalsiyning to’la cho’kishi uchun sharaot yaratiladi. Eritmadagi kalsiy amalda pH-3,3 bo’lganda to’la cho’kadi. Kalsiy oksalat cho’kmasi ancha yaxshi eriydi, shuning uchun xam cho’kmani yuvish uchun takrkibiad oksalat ion bo’lgan disstillangan suvdan foydalaniladi. Cho’kmani yuvganad undagi xlorid ioni yo’qotiladi, aks xolda cho’kma tarkibida kuydirish paytida uchib ketadi va xatoga olib keladi.
Cho’kmani kuydirganda xosil bo’ladigan kalsiy oksidi gigroskopik moda xavodagi namlik va karbonat angidridni shiddat bilan yutadi. Shuning uchun kuydirish tugatilgandan so’ng qoldiqli sovuq tigel darxol eksikator ichidayoq byuksga joylanishi kerak.
Analizni bajarish tartibi: 250-300 ml xajmli stakangsha taxminan tarkibida 0,1 g atrofida kalsiy bo’lgan tekshiriladigan modda namunasi tortimi solinadi. Analiz uchun kalsiy karbonat olinan bo’lsa, u 4-6 ml dissttillangan suv bilan xo’llangandan so’ng extiyotlik bilan unga 6 N xlorid kislota eritmasi stakan jo’mragi bo’ylab oz-ozdan quyiladi. Stakan chayqatilib, undagi moddalar aralashtirilib turiladi. Stakandagi namuna to’liq erigandan keyineritmaga 100 ml disstillangan suv qo’shib suyultiriladi va 70-80 C xaroratgacha qizdiriladi. Issiq eritmaga 2 tomchi metiloranj indikatori eritmasidan tomizilgandan so’ng unga to’xtovsiz aralashtirib turgan xolda tomchilatib, qizdirilgan 0,5 N ammoniy oksalat eritmasi qo’shiladi. Cho’ktiruvchi miqdori cho’ktiruvchi ionmiqdoridan taxminan 1,5 baravar ortiq bo’lishi kerak. Zarur bo’lgan barcha cho’ktiruvchi qo’shib bo’lingandan keyin eritmaga indikator rangi pushtidan sariqqa o’tguncha ammiak eritmasitomchilab qo’shiladi. Cho’ktirish tugaganidan so’ng cho’kmali eritma qaynab turgan suv xammomida kamida bir soat saqlanadi. Eritma tindirilishi bilan to’la cho’kish tekshiriladi. To’la cho’kishga erishilgandan so’ng cho’kma ustidagi eritma filtr qog’ozga dekantatsiyalanib o’tkaziladi.cho’kmani yuvish uchuncho’ktiruvchi ammoniy oksalat eritmasi 6-7 marta suyultiriladi va yuvish uchun ishlatiladi. Cho’kma filtrga to’liq o’tkazilgandan so’ng filtrda xam yuviladi. Cho’kmani yuvish unda xlorid ionlari yo’qolguncha davom ettiriladi. Filtrlash va yuvish tugashi bilan voronka filtri bilan quritish shkafida quritiladi va cho’kma filtr bilan birgalikda oldindan tayyorlab qo’yilgan massasi aniq tigelga joylashtiriladi. Tigel gorelkaning past alangasida qizdirilib, filtr kulsizlantiriladi. Filtr kulsizlanib bo’lganidan so’ng tigel mufel pechida 1200 C da doimiy massagacha kuydiriladi. Doimiy massaga erishilgandan keyin tigel eksikatorda sovutiladi va sovuq tigel oldindan tayyorlab qo’yilgan aniq massali katta byuksga joylanib qopqog’i yopiq xolda tortiladi.
Xisoblash.
Soat oynasining massasi-mc
Soat oynasining namuna massasi bilan massasi-ma
Namuna tortimining massasi-mA=mA-mc
Tigelning massasi-mt
Byuksning qopqog’i bilan massasi-mb
Byuks, tigel va gravimetrik shakl masasi-mA
Gravimetrike shakl massasi-mCaO=mA-(mb+mt)
Kalsiyning namunadagi massa ulushi:
A*mCaO
Formula yordamida xisoblanadi.

Download 1.77 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 1.77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guliston davlat universiteti «Kimyo» kafedrasi Abduraxmonova O’. Q., Yettiboeva L. A

Download 1.77 Mb.