|
GLOSSARIYA
(Asosiy terminlar o’zbek va ingliz tillarida, asosiy terminlarning qisqacha mazmuni)
|
bet | 78/81 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,76 Mb. | | #131995 |
Bog'liq MTT ma\'lumotGLOSSARIYA
(Asosiy terminlar o’zbek va ingliz tillarida, asosiy terminlarning qisqacha mazmuni)
Axloq (lotincha "moralis" - xulq-atvor ma'nosini bildiradi) – ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulg-atvor qoidalari, mezonlari yig'indisi.
Axloqiy ong - shaxsga axloqiy me'yorlar va xulq-atvor qoidalari to'g'risidagi nazariy bilimlami berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to' g' risidagi bilimlami berish. uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyogarashini shakllantirishga yo' naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bilim - bolaning ongida tushunchalar, sxemalar, ma'lum obrazlar ko'rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma'lumotlar majmuyi.
Vatanparvarlik (lotincha "patriotes" - vatandosh, "patris" - vatan, yurt) - shaxsning o'zi mansub bO'lgan millat, tug'ilib o'sgan vatani tarixidan g'ururlanishi, buguni to'g'risida qayg'urishi hamda uning porloq istiqboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Verbal - bilim (ma'lumot, axborot)larni so'z yordamida (og'zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
Didaktika (ta'lim nazariyasi) (yunoncha "didaktikos" "o'rgatuvchi", "didasko" - "o'rganuvchi") - ta'limning nazariy jihatlari (ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va bola faoliyati mazmuni, ta' lim maqsadi, shakl, uslub, vositalari, natijasi, ta'lim jarayonini takomillashtirish yo'llari va hokazo muammolari)ni o'rganuvchi fan.
Didaktik tashxis maqsadi - o'guv jarayonining samaradorligini aniqlash, baholash va tahlil qilish.
Didaktik tizim (yunoncha "systema" - yaxlit. qismlarda tashkil topgan, birlashtirish) - ma'lum mezonlari asosida ta'lim jarayonining yaxlit holatini beIgilash, ajratib ko'rsatish.
Jamoa (lotincha "kollektivus" so'zining taJjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis. birlashma, guruh kabi ma'nolami anglatadi) - bir necha a'zo (kishi)Iardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
|
| |