• O NUKUS - 2019 ‘QUV-USLUBIY MAJMUA
  • TLEUBERGENOVA NAVBAHOR ABDUKARIMOVNA “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
  • Tuzuvchi
  • Kafedra mudiri B.M.Bekimbetov
  • Fakultet dekani A.Utepbergenov Kelishildi: O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i B.Kalimbetov
  • O’QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
  • Gumanitar fanlar




    Download 460.23 Kb.
    bet1/69
    Sana27.03.2024
    Hajmi460.23 Kb.
    #179339
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
    Bog'liq
    Gumanitar fanlar (1)
    Raxmanova U, Сув тозалаш УМК (1), сейтмуратов байрамбай 2021 10 22 tayını, ELEKTROTENIKA HAM ELEKTRONIKA, kimyo, 1666731973, slaid jumis, Ayjamal kurs jumisi {}, Rengen[1], 1-Lekciya, A\'jinyaz Qosibay uli, O\'zbek tilining sohada qo\'llanishi.ppt, Gidroturbinalar, SARVINOZ ТАДБИРКОРЛИК ФАОЛИЯТИНИНГ МУЛКИЙ АСОСЛАРИ, Berdiyeva Durdona. Fitopreparat test

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ
    XO‘JALIGI VAZIRLIGI




    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI
    NUKUS FILIALI
    GUMANITAR FANLAR” kafedrasi
    TLEUBERGENOVA NAVBAHOR ABDUKARIMOVNA
    O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik
    jamiyati” fanidan
    O
    NUKUS - 2019
    ‘QUV-USLUBIY MAJMUA



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
    GUMANITAR FANLAR” kafedrasi
    TLEUBERGENOVA NAVBAHOR ABDUKARIMOVNA
    O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan

    O‘QUV-USLUBIY MAJMUA



    Bilim sohasi:

    400000

    – Qishloq va suv xo`jaligi

    Ta`lim sohasi:

    410000

    – Qishloq o’rmon va baliqchilik xo’jaligi










    Ta`lim yo`nalishlari:

    5410100
    5410200
    5410500

    5411100



    5430100
    5450200
    5233300
    5410700
    5410607
    5440101

    - Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
    -Agronomiya
    -Qishloq xojalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
    - Dorivor o’simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
    -Qishloq xojaligini mexanizatsiyalashtirish
    - Suv xojaligi va melioratsiya
    - Agrobiznes va investitsion faoliyat
    -Er kadastri va erdan foydalanish
    - Zooinjeneriya (baliqchilik)
    - Veterinariya meditsinasi












    Nukus - 2019

















































    O‘quv Uslubiy Majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
    ta’lim vazirligining 2018 yil «25 avgustdagi» 744-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan
    Tuzuvchi:
    - ToshDAU Nukus filiali, “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n. N.A.Tleubergenova
    Taqrizchi:
    - NDPI «Tarixni o‘qitish metodikasi» o‘qituvchisi kafedrasi , t.f.n. B.Turganov
    “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua kafedra yig‘ilishida muhokama qilingan va tavsiya etilgan (2019 yil “ ” dagi “ ” -sonli bayonnoma)
    Kafedra mudiri B.M.Bekimbetov
    “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanidan o‘quv-uslubiy majmua Agrobiyologiya fakulteti ilmiy-uslubiy kengashida
    muhokama etilgan hamda nashrga tavsiya etilgan (2019yil “_________dagi “____________” -sonli bayonnoma)
    Fakultet dekani A.Utepbergenov


    Kelishildi:
    O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i B.Kalimbetov


    O‘quv -tarbiyaviy ishlari bo‘yicha director
    o‘rinbosari N.Absattarov

    Fanning O‘quv Uslubiy Majmuasi filial o‘quv-uslubiy Kengashining 2019


    “ ” “ ”-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya
    qilingan.
    “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan O‘quv uslubiy majmua ToshDAU Nukus filiali Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2019 yil “ ” dagi “ ” -sonli bayonnoma).


    O’QUV-USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI


    1.Ma’ruzalar mavzulari va matni ……............…………........................
    2. Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari ........................................................
    3.Mustaqil mashg‘ulotlar va ishlar.........................................................
    4.Glossariy...............................................................................................
    5.Fan dasturi.............................................................................................
    6. Fanning ishchi о‘quv dasturi...............................................................
    7.Tarqatma materiallar.............................................................................
    8.Testlar...................................................................................................
    9. Baholash mezonlari..............................................................................


    KIRISH
    “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining asosiy maqsadi – talabalarga Ơzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar stragesiyaning maqsad va vazifalari, asosiy yonalishlari, Ơzbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda Ơzbekistonning ơziga xos hususiyatlari tơg‘risida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyansi, tanqidiy tahlil va shaxsiy masuliyatni shakllantirishdan iborat. Fanning vazifasi Ơzbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini, Ơzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”ning asosiy yonalishlarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini tushuntirish; fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy asoslari tơg‘risidagi tassavurlarini boyitishdan iborat.
    Shuningdek, istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan demokratik islohotlar ularning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi.
    Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan demokratik fuqarolik jamiyat qurish nazariy asoslarining ishlab chiqilishi. Uni tahliliy o‘rganishni taqozo etuvchi shart-sharoitlar va omillar talabalarga chuqur o‘rgatiladi.Har bir mavzu yakunida ta’lim texnologiyalari keltirilgan bo‘lib, ularni qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar berilgan.

    • O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”ning asosiy yonalishlari, fuqarolik jamiyatining shakllanish asoslari, fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik aoslari, fuqaroviylik, fuqarolik jamiyati institutlari, saylov huquqi erkinligi, nodavlat notijorat tashkilotlar, ijtimoiy sheriklik, davlat xususiy sheriklik, jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish

    • “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun”, “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat boy va qudratli bo‘ladi ”kabi kontseptual g‘oyalarning mazmun mohiyatini, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bơyicha “Harakatlar stragesiyasi”da belgilangan asosiy yonalishlar va vazifalarni bilish va ulardan foydalana olishi;

    • O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirish bơyicha ơzining takliflarini bera olish, mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar va ularning xalqaro miqyosda eꞌtirof etilishini tahlil qila olish kơnikmalariga ega bơlishi kerak.

    “O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining ma’ruza mashg‘ulotlarida kerakli ma’lumotlar ko‘rgazmali ravishda taqdim etiladi hamda boshqa yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalaniladi.
    Talabalarning mustaqil o‘qishi, ma’ruza tinglashi va boshqa pedtexnologiyalardan unumli foydalanishi, ularning olgan tegishli ma’lumotlarini, bilim va malakalarini yaxlit tizimga keltiradi.
    1-MAVZU: O‘ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANINING PREDMETI, OB’EKTI, MAQSAD VA VAZIFALARI
    Reja:

    1. “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Fanning predmeti va ob’ekti.

    2. Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.

    3. Fuqarolik jamiyati haqida g‘oyalar evolyusiyasi

    4. Yangi davrda fuqarolik jamiyati nazariyasi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari

    5. Fuqarolik jamiyati haqidagi zamonaviy kontsepsiyalar

    1. “O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.

    Fanning predmeti va ob’ekti.
    Mustaqillikka erishganimizdan keyin bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqildemokratik davlat barpo etish, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi hamda mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan fuqarolik jamiyatini shakllantirish strategik maqsad sifatida belgilangan.
    Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1 deb ta’kidlagan edi.
    Fuqarolik jamiyati tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan belgilanadi. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo u haqdagi g‘oyalar genezisini,asoslarini bilish lozim. Fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular quydagilardan iborat:
    iqtisodiy asos - shaxs va jamiyat manfaatlarining umumiyligiga asoslangan mulk shakllarining xilma-xilligi, iqtisodiy plyuralizm, ko‘p ukladlilik, erkin bozor munosabatlari. Qaysikijamiyatda uning har bir a’zosi, qandaydir mulkka ega bo‘lishi, o‘z xohishi bilan tasarruf etish, sarflash huquqiga ega bo‘lishi, xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan kafolatlangan tadbirkorlik, mexnat va iste’mol faoliyati erkinligining ta’minlanganligi.

    Download 460.23 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




    Download 460.23 Kb.