|
-rasm. Filtrlaydigan qatlamning sxemali kesimi Pdf ko'rish
|
bet | 243/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe71-rasm. Filtrlaydigan qatlamning sxemali kesimi
Demak, turli xil loyqali va o'lchami har xil bo'lgan zarrachali vinolami
filtrlashda qatlamni tanlash muhim ahamiyatga ega. Filtrlash qatlam (71-rasm)
diametri bir-biridan keskin o'zgaruvchan qavariq va kanalchalardan iborat.
Suyuqlik o'tadigan kanalchalar qiyshiq shaklda bo'lib o'ziga xos labirintga
o'xshaydi.
Filtrlash ikki jarayon, ya’ni ajratish va adsorbsiyalanishdan iborat. Agar
zarrachalar filtrlash qatlamining qavariqlaridan katta boisa ular ajratiladi.
Loyqaning muallaq zarrachalaming ushlab qolinishi nafaqat yuza tomonida, balki
filtrlash qatlamining ichida ham adsorbsiyalash natijasida ushlanib qoladi.
Zarrachalar teshikchalaming kirish joyida yig'ilib ikkinchi filtrlash qatlamni hosil
qiladi, filtrlash davomida qatlam qalinlashadi, suyuqlikni qatlamdan o'tish tezligi
sekinlashib, teshiklar tiqilib qolish natijasida filtrlash mutlaq to'xtab qolishi ham
mumkin.
Shu bilan birga kanalchalar diametridan kichik zarrachalar ulaming ichiga
o'tadi. Natijada kanalchalar ham asta-sekin tiqilib qoladi. Kanalchalardan bemalol
o'tib ketishi mumkin bo'lgan ba’zi zarrachalar devorlarga yopishib qolib suyuqlik
o'tishiga halaqit beradi.
Filtrlash tezligi 1 m3 qatlamdan bir vaqt birligi davomida o'tgan filtrat miqdori
bilan o'lchanadi. Filtrlash tezligi ko'p omillarga b ogiiq boiadi. Ular suspenziyaga
ko'rsatadigan bosim, filtrda hosil boigan qatlam qalinligi, qatlamning tuzilishi va
xususiyati, suspenziya tarkibi va suyuqlik haroratidan iborat.
Filtrlash tezligiga bosimning ta’siri hosil boigan cho'kindi qatlam xususiyatiga
bog'liqdir. Ikki xil cho'kindi qatlamni farqlanadi: a) shakli o'zgarmagan
zairachalar, asosan kristalligida siqilmaydigan cho'kmalar; b) shakli o'zgargan
|
| |