17-MAVZU.
SHIKASTLANGAN
O’CHOQLARDAN
OLIB
CHIQILGAN YARADOR VA BEMORLARGA BIRINCHI SHIFOKOR
YORDAMINI TASHQI LLASHTIRISH.
Birinchi shifokor yordamni zararlanganlarga BTYO, zararlanish o’chog’ida
saqlangan davolash profilaktik muassasalari FM harbiy qismlarining tibbiy
bo’linmalari ko’rsatishadi. BTYO ning zararlanish o’chog’i tomon harakati shahar
(tuman) FMTX boshlig’ining buyrug’iga asosan amalga oshiriladi. Buyruqda
quyidagilar ko’rsatiladi: harakatning boshlanish vaqti, FM guruhida BTYO ning
o’rni, harakat yo’nalishi, zararlanish o’chog’ida joylashish joyi, (o’choqqa yaqin),
joylashish tumanidan kelish vaqti, qaysi obyektlardan BTYO zararlanganlarni qabul
qilishi, hamda zararlanganlarni shahardan chetdagi zonaga ko’chirish yo’nalishi.
BTYO xavfsizlik harakat tezligiga rioya qilgan holda ajratilgan vaqt
davomida qo’yilgan vazifani bajarish uchun bitta safar kalonna bo’lib harakatda
bo’ladi. Odatda kunduz 30-40 km/soat, tunda (kechasi) 25-30 km/soat tezlikda
harakatlanish o’rnatiladi.
300
BTYO boshlig’i vazifa olishi bilan kartadan harakat yo’nalishini o’rganadi va
marsh uchun vazifa qo’yadi: yo’nalish xossalari, BTYO safar tartibini tuzish,
harakat tezligi va mashinalar orasidagi masofa, joylashish tumaniga kelish vaqti,
safda (kalonnada) o’zining va muovinining o’rni, signallar, ularni berish tartibi va
unga nisbatan harakat. Bundan tashqari har bir mashinada kuzatuvchi va sardor
belgilaydi. Zararlangan uchastkalar aylanib o’tiladi yoki birdaniga (to’xtamasdan)
bosib o’tiladi.
Radioaktiv zararlangan uchastkalardan o’tishdan oldin shaxsiy tarkib, shaxsiy
aptechkadagi (AI-2) radiatsiadan himoya vosita N4 1 ni BTYO boshlig’ining
farmoyishiga asosan qabul qilishadi va nafas olish organlarini himoya qiluvchi
shaxsiy vositalarni kiyishadi. Mashinalar orasidagi masofa va mashinalar tezligi
oshiriladi.
Kimyoviy va baktyer iologik uchastkalar odatda aylanib o’tiladi. RM lar
bilan zararlangan uchastkadan o’tilgandan keyin lozim topilsa BTYO boshlig’i
ko’rsatmasiga binoan qisman sanitariya ishlov o’tkaziladi.
Qish davrida harakat qilinganda bundan tashqari shaxsiy tarkibni sovuqdan
pana qilish choralari ko’riladi. Harakat yo’nalishida va BTYO joylashadigan
hududda tibbiy qidiruv (razvedka) o’tkazish maqsadida shtatdan tashqari tibbiy
qidiruv guruhi ( TQG ) tuziladi: shifokor, feldshyer , dozimetrist va shofyor
tarkibida, ular uchun avtomashina va radiatsion, kimyoviy asboblar ajratiladi. Uning
vazifasi: harakat yo’nalishidagi va rejalashtirilgan joylashish tumanidagi doza
quvvatini aniqlash, ko’rsatilgan tumanda BTYO yoyish uchun joy tanlash,
qutqarish ishlari olib borilayotgan obyektlardan zararlanganlarni BTYO ga
ko’chirishga yo’l tanlash (aniqlash).
TQGga aloqa vositalari ajratilmaydi, shuning uchun qo’yilgan vazifa
bajarilgandan keyin BTYOga qaytib kelishi yoki BTYO boshlig’i belgilangan joyda
bularni kutib olishi va qidiruv to’g’risida hisobot ber ishi kerak. Qidiruv
ma’lumotiga asosan BTYO ning boshlig’i joy tanlovchilar bilan tibbiy (TQG)
301
qidiruv guruhi tavsiyalagan joyni borib ko’rishadi va BTYO ning funksional
bo’limlarining joylashish o’rni va yoyilish tartibi bo’yicha oxirgi qarorni qabul
qiladi.
TQG joy tanlashda quyidagi talablarga rioya qilishadi:
1.
BTYO radioaktiv moddalar (RM) bilan zararlanmagan joyda yoki nur
chiqarish quvvati 0,5r/s oshmasligi kerak. BTYO shahar qurilishlaridagi kuchsiz
shikastlangan zonada joylanishi mumkin (ortiqcha bosim 10-20 kPa bo’lgan zonada
yoki o’choqdan narida), chunki BTYO o’zining palatkasiga ega emas, shu sababli
saqlangan binolarda, inshootlarda yoyiladi. Iloji boricha saqlangan davolash –
profilaktik muassasalar binolaridan foydalaniladi yoki unga yaqin binodan.
2.
Joylashish o’rni qutqarish ishlari olib borilayotgan obyektlardan
zararlanganlarni ko’chirilyotgan yo’nalishida bo’lishi kerak.
Lozim topilsa joylashish o’rni suv manbai yonida bo’lishi kerak. BTYO ni
joylashtirishda shaxsiy tarkibni va zararlanganlarni dushman tomonidan ommaviy
qirg’in qurolini qaytadan qo’llanilishi mumkinligi tufayli himoya tadbirlarini ko’zda
tutish kerak. Birinchi tibbiy yordam otryadiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- BTYOning shahardan chetda joylashishi tumanda, harakat yo’nalishida va
zararlanish o’chog’ida tibbiy qidiruv (razvedka) o’tkazish;
- Zararlanganlarga qisman sanitariya ishlovi byyer ish va ularning kiyim
boshini dezaktivatsiya qilish;
- Zararlanganlarga birinchi shifokor yordamini va kechiktirib bo’lmaydigan
jarroxlik yordamini ko’rsatish ( hayot ko’rsatkichiga binoan );
- Transport ta’sirini ko’tara olmaydigan bemorlarni vaqtinchalik yotqizish;
- Yuqumli bemorlarni va o’tkir ruhiy bemorlarni vaqtinchalik yotqizish;
- Zararlanganlarni shahardan chetga ko’chirishga tayyorlash;
- Oddiy laborator tekshirishlarni va dozimetrik nazoratni o’tkazish;
- BTYOga biriktirilgan obyektlarda ishlovchi SDlarni tibbiyot mollari bilan
ta’minlash;
302
- BTYO dagi zararlanganlarni ovqatlantirishni tashqi l qilish;
- Tibbiy hisob va hisobotni olib borish ;
- BTYOning asosiy vazifalari birinchi shifokor yordamini ko’rsatish.
Birinchi shifokor yordami quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-Yara infeksya profilaktikasi (profilaktik zardoblar, antibioktiklar va
boshqalar yuborish);
- Qon ketishini oxirigacha to’xtatish;
- Karaxtlikka qarshi tadbirlar o’tkazish (isitish, vena tomirlariga dorilar, qon
o’rnini bosuvchilarni yuborish, novokain blokadasi, boshqa og’riqni qoldiruvchilar
yuborish, nafas olishni, yurak-tomir faoliyati va nyer v sistemasini yaxshilovchi
dori vositalarini yuborish);
- Bog’lamlar va taxtakach (shina) o’rnatish yoki to’g’rilash;
- Asfiksiyaga qarshi kurashish va profilaktikasi (sun’iy nafas oldirish,
traxeostomiya, traxeya intubatsiyasi, ochiq pnevmotoraksni ber kitish, kislorod
byyer ish), siydik pufagini punksiya qilish yoki katetr (shlang) o’rnatish;
- Teri mushak bo’lagiga osilib turgan qo’l-oyoqni amputatsiya (kesib
tashlash) qilish va boshqalar.
Saralash – ko’chirish; operatsiya – bog’lov; gospital; qisman sanitariya ishlov
berish va kiyim kechaklarni, oyoq kiyimlarni dezaktivatsiya qilish; xo’jalik
ta’minot; laborator; hamda tibbiy ta’minot bo’limlar.
|