Saralash – ko’chirish bo’limlari.
Qabul saralash va ko’chirish bo’limlari hisobida joylashadi. Bu bo’lim
tarkibida taqsimot posti (TP), qabul – saralash va og’ir (zambilda olib boriladigan)
bemorlar uchun, yuruvchi va og’ir bemorlarni ko’chiruvchi bo’limlar va saralash
maydonchasi jihozlanadi.
BTYO dagi birinchi shifokor yordami hajmi doimiy emas. Sharoitga qarab bu
yordam kengayishi yoki kamayishi mumkin. Yordam hajmi odatda tushayotgan
bemorlar soniga va tezligiga bog’liq.
303
BTYO zararlanganlarning harakati unda ikki oqim bo’ylab bo’lishini hisobga
olib joylashadi. Birinchi yo’nalish bo’yicha yuruvchi bemor, ikkinchi yo’nalish
bo’yicha esa zambilli bemorlar (og’irlar). BTYO funksional bo’limlarining
joylashish va transport vositalarini yuklardan bo’shashi bilanoq BTYO boshlig’i
barcha transport vositalarini obyektlar bo’ylab taqsimlaydi va zararlanganlarni olib
kelish maqsadida jo’natadi. Transportni taqsimlashda BTYOga biriktirilgan
obyektlardan zararlanganlar soni hisobga olinadi.
Qutqarish ishlari olib borilyotgan ob’ektlardan zararlanganlarni ko’chirish
uchun faqat BTYO ning transporti emas shu ob’ekt tuzilmalarining transporti ham
jalb etilishi mumkin.
BTYO belgilangan joyga etib kelgandan keyin quyidagi bo’limlarni yoyadi.
Taqsimot posti BTYO dan oldinda 50-60m masofada joylashadi, transport va
zararlanganlar oqimi tartibini ta’minlab turishadi. TP tarkibida tibbiyot hamshirasi
va 1-2 dozimetrist bo’ladi. Dozimetrik nazorat o’tkazish uchun dozimetrik asbob
(DP-5) ajratiladi. TP joylashgan o’rin qizil hoj belgili oq bayroqcha bilan
belgilanadi, kechasi yonuvchi lampa yonib turadi.
TP ning asosiy vazifasi quyidagilar:
- Dozimetrik nazorat o’tkazish, maqsad kiyimida, tyer isi va oyoq
kiyimlarida radioaktiv zararlanish normadan ortiq bo’lgan shaxslarni aniqlab, ularni
qisman sanitariya ishlovini beradigan va kiyim bosh va oyoq kiyimlarni
dezaktivatsiya qiluvchi bo’limlarga yuborish;
- Yuqumli bemorlarni va ruhiy shikastlangan shaxslarni topib, ular uchun
mo’ljallangan yuqumli va ruhiy (izolyator) ajratish xonasiga yo’llash;
- Zararlanganlarni alohida yuruvchi va og’ir (yurolmaydiganlar) oqimga
ajratib, saralash – ko’chirish bo’limida ular uchun tashkil etilgan xonalarga yo’llash;
- Atrof muhitni kuzatib turish, xabar signalini berish, hamda saralash
maydoniga beriladigan zararlanganlari bor avtotransportni tartibga solish;
Saralash ko’chirish bo’limining asosiy vazifasi:
304
- zararlanganlarni qabul etish va ro’yxatga olish;
- tibbiy saralash (hudud ichida va transportda ko’chirish) va zararlanganlarni
mo’ljallangan otryad bo’limlariga yuborish;
- zararlanganlarga kechiktirib bo’lmaydigan (shoshilinch) tibbiy yordam
ko’rsatish;
- o’zining transportida zararlanganlarni qutqarish ishlari olib borilyotgan
obyektlardan BTYOga olib kelish va shahardan chetga ularni ko’chirishga
tayyorlashdan iborat.
Qabul saralash palatalari bir vaqtning o’zida ko’proq zararlanganlarni qabul
etish va joylashtirish maqsadida kengroq xonalarda joylashadi. Issiq yil faslida
qabul qilish va saralashni saralash maydonida o’tkazsa bo’ladi. Ish tartibini qulay
qilish va bir vaqtning o’zida yordam oluvchilar sonini ko’paytirish maqsadida
bo’lim shaxsiy tarkibi hisobidan 2-3 ta saralash brigadalari tuziladi, bu ikki
yuruvchi va og’ir zararlanganlar oqimini ta’minlashga imkon yaratadi.
Yyengil jarohatlanganlarni saralovchi brigada tarkibida shifokor, tibbiyot
hamshirasi va tibbiy ro’yxatchi og’ir yaralanganlarni saralash uchun qo’shima har
bir brigadaga tibbiyot hamshirasi va ro’yxatchi ber iladi.
BTYOda tushuvchi zararlangan va bemorlar ro’yxatga olinadi, ularga
birlamchi tibbiy kartochka to’ldiriladi. Kartochkani to’g’ri va aniq to’ldirilishi
BTYO bo’limlarida va keyingi ko’chirish bosqichlarida o’tkaziladigan davolash
tadbirlarining o’z vaqtida o’tishligini ta’minlaydi. FM ning birlamchi tibbiyot
kartochkasi ham tibbiy, ham yuridik hujjat hisoblanadi. Shoshilinch tibbiy yordam
ko’rsatish va ba’zi bir zararlanish xossalarini ko’rsatish uchun kartochkada rangli
xabar ber uvchi chizig’i bor (yuqorida qizil, pastda ko’k, o’ngda sariq, chapda
qora), bu tibbiyot hodimiga zararlanish xarakteri va tibbiy yordam ko’rsatishni tez
tushunishga yordam beradi.
Tibbiy saralashni shifokor olib boradi, zararlanganlarning tibbiy yordamga
muhtojligi, yordam ko’rsatish navbati BTYO ning qaysi bo’limida ko’rsatilishi
305
aniqlanadi. Shifokor qarori zararlanganlarning o’rni va keyingi yo’nalish navbatini
ko’rsatuvchi saralash markalarida ko’rsatiladi. Saralash natijasida zararlanganlar
quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
- Hayotiy ko’rsatgichga asosan birinchi shifokor yordamiga muhtojlar – oper
atsiya bog’lash bo’limiga yo’naltiriladi;
- Transport ta’sirini ko’tara olmaydigan zararlanganlar – gospital bo’limiga
yuboriladi;
- BTYO da birinchi shifokor yordamiga muhtoj emaslar – ko’chirish
bo’limiga yo’naltiriladi.
- Yyengil zararlanganlar – yuruvchilarga bog’lam qo’yish yoki ko’chirish
xonasiga yo’naltiriladi;
-Ajratishga (izolyatsiyaga) muhtojlar chetlatish xonasiga yo’naltiriladi.
Qabul – saralash palatalarida zararlangan va bemorlarni ro’yxatdan
o’tkazishdan tashqari birinchi tibbiy yordam nuqsonlari tuzatiladi va ba’zi hollarda
birinchi shifokor (bog’lamani ochmasdan) yordami ko’rsatiladi. Operatsiya –
bog’lash bo’limi hisobidan yuruvchi bemorlar uchun qabul saralash palatasida
yuruvchi zararlanganlarga bog’lama qo’yish tashkil etiladi.
Saralash – ko’chirish bo’limidan transportda ko’chirish saralashga asosan
BTYO funksional bo’limlarida o’rnatilgan navbatga asosan bemorlar shahar
chetidagi davolash muassasalariga ko’chiriladi.
Yuruvchi va yurolmaydgianlarning ko’chirish maydonida zararlanganlarning
umumiy holatini nazorat qilish, kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam ko’rsatish,
zararlanganlarga to’ldirilgan tibbiyot hujjatlari hamda ko’chirish passporti to’laligini
nazorat qilish va ularni ko’chirishga tayyorlash ishlari olib boriladi.
Ko’chirishni kutayotgan yuruvchi zararlanganlar yoz vaqtida ko’chada
maxsus tayyorlangan maydonda joylashishlari mumkin.
Qisman sanitariya ishlovini berish va kiyim-boshoyoq kiyimlarini
dezaktivatsiya qilish bo’limi quyidagilardan tuzilgan: ,
306
- zararlanganlarga qisman sanitariya ishlov berish maydoni (qishda binoda);
|