307
Gospital bo’limida transport ta’sirini ko’tara olmaydigan bemorlar uchun
palatalar (operatsiyadan chiqqanlar, IV raqamli nurlanganlar), yuqumli bemorlar
uchun ajratish xonasi (izolyator), ruhiy nevrologik bemorlarni
chetlatish xonasi va
tug’uvchi ayollar palatasi bor.
Gospital bo’limi transport ta’siriga bardosh ber olmaydigan bemorlarni
vaqtinchalik yotqizish, davolash, yuqumli va ruhiy – nevrologik bemorlarni ajratish
bilan shug’ullanadi. Bemor bir sutkadan ortiq tutilib qolsa, unda bo’limda fuqaro
muhofazasi birlamchi tibbiyot kartochkasining orqa tomoni to’ldiriladi.
Yuqumli bemorlarni ajratish xonasi ikki xonadan iborat bo’ladi. Bittasi o’tkir
me’da ichak kasalligi uchun, ikkinchisi havo – tomchi kasalliklari uchun va yuqumli
kasalliklari rejimida ishlaydi.
Ruhiy – nevrologik bemorlar xonasi bemorlarni zambillarga fiksatsiyalovchi
hamma vositalar bilan, tinchlantiruvchi dorilar bilan ta’minlanadi. Ajratish xonasini
tuzishda asosiy zararlanganlar oqimidan chetda o’rin tanlashni nazarda tutish lozim.
Bemor
ajratish xonalarida, mos kasalxonalarga yuborish uchun sharoit vujudga
kelgunga qadar tutiladi.
Tug’riqxona (tug’uvchi uchun palata) zararlanish o’chog’ida turli sabablarga
ko’ra (ruhiy – nevrologik, jarohat) tug’ish erta boshlanganlar uchun mo’ljallangan.
Bu xona tajribali akushyer –ginekolog shifokori nazoratida bo’lishi ma’qul.
Doimo palatada hamshira – akushyerka va bir nechta SD bo’lishadi.
Zararlanganlarni ko’rish bo’limi yuruvchi va yurolmaydigan zararlanganlar
uchun alohida xonaga ega bo’lish kerak. Bu yerda ko’chiriluvchilar dam olishadi,
ovqatlanishadi, ularning
umumiy holati nazorat qilinadi, hujjatlar to’g’ri
to’ldirilganligi tekshiriladi, lozim topilsa tibbiy yordam ko’rsatiladi.
Bu yerda zararlanganlar hamda bemorlar shahar chetidagi kasalxonalar
bazasiga ko’chiriladi. Ko’chirish uchun barcha transport vositalari jalb etiladi.
Dastavval yer yuzi transportlari sanitar avtomobil, tayyorlangan yuk tashuvchi
308
avtotransport, temir yo’l transporti.
Shu bilan birgalikda samolyot, vyer talyotlar
ham rejalashtiriladi.