18-MAVZU. MALAKALI VA IXTISOSLASHTIRILGAN TIBBIY
YORDAMINI TASHKIL QILISH.
Boshlang’ich mutaxassis yordamini ko’rsatish elementlari 1853-1856 Rus-
Qrim urushi yillarida N.I.Piragov tomonidan olib borilgan, og’ir yaradorlar uchun
alohida palatalar ajratishga harakat qilishgan. Ammo yyetarlicha ber kitiladili
311
sharoitlar, ilmiy nazariyalar yo’qligi tufayli boshlang’ich mutaxassis tibbiy yordami
keng miqiyosda o’tkazilmadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida yaradorlar va bemorlar mutaxasis tibbiy
yordamini 10-12 mutaxasis shifokorlardan olishgan.
Zamonaviy urushda ommaviy zararlovchi qurollar borligi tufayli mutaxasis
yordamiga muhtojlar soni oshib ketadi, zararlanganlarga mutaxasis yordamini
ko’rsatish va oxirigacha davolashning asosini oldindan shahardan chetga qishloq,
tuman hududidagi davolash-profilaktik muassasalari va shahardan ko’chirilib
keltirilgan davolash muassasalar tarkibida ixtisoslashgan kasalxonalarni tayyorlash,
mahalliy halq xo’jaligi vositalaridan va aholidan foydalanish egallaydi. Fuqaro
muhofazasi tibbiy xizmati kasalxonalarni yoyish va joylashtirishda o’rinlar hajmini
bir necha marotaba ko’paytirish odatdagiga nisbatan ko’zda tutiladi.
Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati kasalxonalari bir yoki bir necha xil
ixtisoslashgan yordamga muhtoj zararlanganlarni qabul qilish, tibbiy yordam
ko’rsatish va davolash uchun mo’ljallanadi. Ixtisoslashgan kasalxonalar faqat bitta
shifokor mutaxasis (travmotolog, tyer apevt, psixonevrolog) tomonidan
zararlanganlarga mutaxasislik yordamini ko’rsatish va oxirigacha davolash uchun
mo’ljallanganligi tufayli bir ixtisosli (ko’p ixtisosli) nomini olgan.
O’zining tarkibida bir nechta mutaxasislikka ega bo’lgan mutaxassis bo’limlari
bor ixtisoslashgan kasalxonalar ko’p ixtisosli nomini olgan.
Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati kasalxonalarini yaratishda uning ixtisosi
davolash muassasasining ixtisos bazasiga yoki uning mutaxasislashgan bo’limlariga
mos kelishi kerak. Sog’liqni saqlash muassasalarining davolash profilaktik bazasi
fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati uchun kerakligicha ixtisos bo’yicha tayyor
shifokor va o’rinlarga ega bo’lishlari kerak.
Shunday qilib, zararlanganlarga mutaxasis tibbiy yordami bir nechta davolash-
profilaktik muassasalar qo’shilishidagi kasalxona bazasida ko’rsatiladi, ular asosiy
ko’chirish yo’lida, xavfsiz hududda (suv toshqini va boshqalar) joylashadi.
312
Respublika
sog’liqni
saqlash
vazirligi,
viloyat
sog’liqni
saqlash
boshqarmasining asosiy vazifasi;
- shahardan chetdagi kasalxona bazasida o’rinlar sonini rejalashtirishda bor
bo’lgan davolash muassasalaridan unumli foydalanish, qo’yilgan vazifalarni
bajarish va bemorlarni qabul kilish;
- tibbiy saralash o’tkazish;
- malakali-mutaxasis yordamini ko’rsatish va bemorlarni oxirigacha davolash.
(zararlangan - bu dushmanning zamonaviy quroli qo’llanilishi tufayli patologik
holat paydo bo’lib tibbiy yordamga muhtoj shaxs, bemor -tibbiy yordamga muhtoj
odam, ammo kasalligi qurol qo’llanilishi bilan bog’liq emas).
Kasalxonalar bazasi dushman hujum xavfi bo’lganda respublika, viloyat
fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tomonidan shahardan tashqarida tashqi l etiladigan
kasalxonalar to’plami bo’lib, zararlanganlarga malakali va mutaxasis tibbiy
yordami ko’rsatib oxirgi natijasigacha davolash uchun mo’ljallangan. Kasalxona
bazasi zararlanganlarni davolash ko’chirish ta’minot sistemasining ikkinchi va
oxirigi bosqichi hisoblanadi. Kasalxona bazasi tarkibiga bosh, ko’p ixtisosli va
ixtisoslashgan kasalxonalar kiradi. Malakali va mutaxassis tibbiy yordamni
kuchaytirish va tashqi l etish uchun viloyat fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati
tomonidan MTYOB va MTYOO ajratiladi.
Kasalxona bazasi quvvatini, mutaxasislashgan o’rinlar sonini viloyat
(respublika)-tibbiyot xizmat boshlig’i o’rnatadi.
Kasalxona bazasini joylashtirish rejasining 2 varianti mavjud.
1. Fuqaro muhofozasining rejalashtirilgan tadbirlari tinch sharoitda
bajarilayotganida, shahardagi davolash-profilaktik muassasalar shahardan chetga
ko’chiriladi va u yyer dagi davolash profilaktik muassasalar bilan kasalxona
bazasini tuzishadi.
313
2. Kutilmagan vazifalar sodir bo’lganda shahardagi davolash- profilaktik
muassasalardan foydalanishga sharoit bo’lmasligi sababli kasalxona bazasi yolg’iz
shahardan chetdagi davolash profilaktik muassasalar asosida tashqi l topadi.
O’rnashgan kasalxonalardagi mutaxasislarning to’liq hajmda ishlashi uchun
tashqi lotchi muassasaning bosh shifokori javobgardir.
Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tuzilmalarini, davolash muassasalarini o’z
vaqtida yyetarlicha tibbiyot mollari bilan ta’minlash, sog’liqni saqlash
boshqarmalariga va viloyat respublika organlariga yuklatiladi. Kasalxona
bazasida 20000 va undan ortiq o’rinlar bo’lishi mumkin.
Tashqi liy tomondan kasalxona bazasi bir nechta davolash-ko’chirish
yo’nalishlaridan (DKY) iborat. Kasalxona bazasida yadroviy o’choqdan
zararlanganlar kelishi kutilganda jarroxlik o’rinlar ko’p bo’ladi. Agar zaharlovchi
moddalar yoki baktyer iologik vositalar qo’llanilgan o’choqdan zararlanganlar
kelganda aksincha tyer apevtik bemorlar uchun ko’p o’rin ajratiladi. Kasalxona
bazasini joylashtirishda o’rinlar ixtisoslanishi rejaga asosan tinchlik davrda olib
boriladi.
Tumanda kasalxonalar soni shu hududdagi binolar va xodimlar sonini hisobga
olgan holda tashqi l etiladi. Kasalxona bazasidagi davolash muassasalarida o’rinlar
sonining taqsimlanishi sanitar yo’qotish tizimiga qarab olib boriladi. Qaysi
o’choqdan zararlanganlar kelishi kutilganidan qat’iy nazar 20% gacha o’rin bolalar
uchun ajratiladi va bularga tibbiy yordam birinchi navbatda ko’rsatiladi.
Zararlangan aholining tibbiyot ta’minoti davolash ko’chirish yo’nalishida
amalga oshiriladi. Davolash-ko’chirish yo’nalishi (DKY)-kasalxona bazasining bir
qismi bo’lib bir yoki bir nechta tumanlarda joylashadi va zararlanganlarga malakali
va mutaxassis tibbiy yordam ko’rsatish va davolash uchun mo’ljallangan. DKYda
davolash muassasalari ustidan rahbarlikni bevosita shu tuman markaziy kasalxona
bosh shifokori olib boradi.
314
DKY 4-6 ming o’ringa moslashgan. Bosh markaziy tuman kasalxonasini
viloyat fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati boshlig’i belgilaydi. DKY da bitta bosh
kasalxona, 1-2 ko’p ixtisosli kasalxona va bittadan ixtisoslashgan kasalxonalar
bo’ladi.
Kasalxona bazasidagi davolash-profilaktik muassasalar ustidan rahbarlikni
Respublika Sog’liqni Saqlash vazirligi va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi olib
boradi. Kasalxona bazasi ustidagi maxsus rahbarlikni kasalxona bazasining
boshqarmasi bajaradi. ( KBB ).
Kasalxona bazasi boshqarmasining rahbari bo’lib Sog’liqni Saqlash
vazirligining va Viloyat Sog’liqni Saqlash boshqarmasining birinchi muovini
hisoblanadi. KBB-asosini davolash-profilaktika sektorlardagi mutaxassislar tashqi l
etishadi.
|