316
Kasalxona bazasini yoyishni tashqi llashtirish. Kasalxona bazasi tibbiyot
muassasalarini joylashtirishni rejalashtirishda fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati
kasalxonalari qayyer da joylanishi, uning sig’imi, qaysi binolarda, sog’liqni
saqlashning qaysi kuch va vositalari hisobida, qayyer dan qo’shimcha mollar
ajratilishi aniqlanadi. Kasalxona bazasi davolash muassasalari joylanishi ustidan
nazoratni va yordam ko’rsatishni fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati shtati va
kasalxona bazasi olib borishadi. Kasalxona bazasi rahbari davolash
muassasalarining joylanishini, ajratilgan binolar bo’shatilishini, ajratilgan mollar
olinishini, davolash muassasalari joylanish vaqtini, mo’ljallangan xodimlar bilan
to’ldirilganligini nazorat qiladi va viloyat fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati
boshlig’iga hisobot ber ib boradi.
Kasalxona bazasi boshqarmasi davolash muassasalarini joylashtirishda
qishloqdagi, hamda yirik shahardan ko’chirilib keltirilgan davolash profilaktik
muassasalarning kuch va vositalarini jalb etadi. Joylashtirishda qo’shimcha binolar
kerak bo’lsa: jamoa binolari, dastavval, sanatoriya, dam olish xonalari, pansionat
sayyohlar bazasi va boshqa muassasalardan foydalaniladi.
Davolash muassasalarida bemorga qarash uchun sanitar drujinachilar, sanitar
tayyorgarlikdan o’tgan aholi, qizlar jalb qilinadi.