310
tuman, shahar FMTX boshlig’i bilan bor bo’lgan aloqa vositalaridan foydalanib
aloqani saqlab turishi berkitiladi. Shahardan tashqariga chiquvchi shahar telefon
tarmog’idan foydalaniladi.
BTYO shahardan tashqariga chiqish jarayonida, shahardan tashqarida
joylashishi va uni tayyorgarlikka olib kelish davrida, zararlanish o’chog’i tomon
harakatida va zararlanganlarni qabul qilishi, ularga birinchi shifokor yordamini
ko’rsatishda BTYO boshlig’i o’zining boshlig’i bilan radio yordamida aloqani
tutadi.
BTYO boshlig’i tuman, shahar FMTX boshlig’i bilan doimiy aloqani saqlab
undan buyruq, farmoyish va ko’rsatmalar oladi va o’z talablari, farmoyish
bajarilyotganligi va qabul qilinayotgan qarorlar to’g’risida o’rnatilgan vaqtlarda
hisobot beradi. Bu unga sharoitni anglash va BTYO ishi ustidan to’g’ri rahbarlik
qilish qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. BTYO boshlig’i shaxsiy tarkib
ustidan shaxsan rahbarlik qiladi.
Boshqarish og’zaki buyruq, farmoyish, signallar berish orqali amalga
oshiriladi. Buyruqlar, farmoyishlar va ko’rsatmalar qisqa va aniq bo’lib eng kerakli
ma’lumotlardan iborat bo’lishi kerak.
BTYO boshlig’i fuqaro muhofazasining boshqa xizmat tuzilmalari bilan
o’zaro harakatni tashqi l etishi va saqlashi kerak, chunki BTYO ishi ozmi-ko’pmi
ular bilan bog’liq. O’zaro hamkorlik bosh vazifani boshqarish maqsadida tashki
llashtiriladi.