• Tibbiy ta’minot bo’limi
  • Xo’jalik bo’limi
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

    Laborator bo’limi
    – gospital bo’limiga yaqin joylashadi. Asosiy vazifasi: 
    BTYOga tushuvchi zararlanganlarni dozimetrik nazoratdan o’tkazish, BTYO 
    shaxsiy tarkibini dozimetrik nazorat qilish, qisman sanitariya ishlovi va kiyim – 
    boshlarni dezaktivatsiya qilish sifatini nazorat qilish. Bundan tashqari bu bo’limga 
    oddiy klinik analizlar o’tkazish – qon guruhini, yer itrotsitlar cho’kish tezligini – 
    ECHT (SOZ), gemoglobin, leykotsit va yer itrotsitlar sonini aniqlash, qon va 
    siydikda radioaktiv moddalarni aniqlash yuklatiladi. 
    Tibbiy ta’minot bo’limi
    – (dorixona) – odatda tibbiy yordam ko’rsatilyotgan 
    bo’limlarga yaqin joylashadi va quyidagi xonalarni tashqi l etadi: talabnoma qabul 
    qilish va dori vositalarini ber uvchi retseptura (qabul), styer il yer itma 
    tayyorlaydigan xona (6m²dan kam emas), assistent – dorilar tayyorlash, styer
    illizatsion – distilyatsion tibbiy mollarni saqlash xonasi. 
    Odatda retseptur va assistentlar hamda styer illizatsion – distilyatsion, hamda 
    yuvish xonalarini birgalikda joylashtirishga ruxsat ber iladi. Shunday qilib, apteka 
    5-6 xonaga ega tibbiy ta’minot bo’limiga yuklatiladi. 
    1.
    BTYO bo’limlarini tibbiy mollar bilan ta’minlash; 
    2.
    BTYOga tushayotgan zararlanganlar obyektida ishlovchi SDni tibbiy 
    mollar bilan to’ldirish (10 soat ichida kamida ikki marotaba); 
    3.
    Tibbiy mollarni tayyorlash va zararlanish o’chog’ida saqlangan tibbiy 
    mollarni qo’llash; 
    4.
    O’rnatilgan qayd va hisobotni olib borish; 
    5.
    Yetishmaydigan tibbiy mollarga o’z vaqtida talabnoma ber ish; 
    6.
    BTYO bo’limlarida tibbiy mollarning to’g’ri saqlanishini va sarflanishini 
    nazorat qilish; 
    Xo’jalik bo’limi 
    – quyidagi ishlar bilan shug’ullanadi: - BTYO uchun 
    tanlangan binoni ta’mirlash, qo’shimcha sanitariya xo’jalik buyumlari va mebel 


    309 
    qildirish, zararlanganlarni va BTYO shaxsiy tarkibini suv va ovqat bilan ta’minlash, 
    kiyim – boshlarni almashtirish zahirasini vujudga keltirish, transportni yoqilg’i 
    moylash materiallar bilan ta’minlash, BTYO da o’lganlarni ko’mish, kiyimlarini 
    yuvish va boshqalar. 
    Ba’zi bir ishlarni bajarish uchun yengil zararlanganlar va aholini jalb etish 
    mumkin. BTYOdan zararlanganlarni shahardan fuqaro muhofazasining transport 
    chetga chiqarish xizmati ajratgan maxsus transportda amalga oshiriladi.
    BTYO boshlig’i zararlanganlar yig’ilishi bilan shahar FMTX boshlig’iga ber
    kitiladili transport vositalariga o’z vaqtida talabnoma berishi kerak. Bunda 
    avtomobil transporti asosiy hisoblanadi. Temir yo’li, havo yo’li, suv yo’li orqali 
    ko’chish ham mumkin. Avtotransportdan foydalanilganda BTYOdan chiquvchi har 
    bir mashinaga ko’chirish passporti beriladi, unda harakat yo’nalishi, avtomashina 
    raqami, zararlanganlar soni va BTYOdan jo’natish vaqti ko’rsatiladi.
    BTYOda zararlanganlar tushishi to’xtaganda, birinchi shifokor yordami 
    ko’rsatilib bo’lingandan va ularni ko’chirish tugaganidan keyin, BTYO boshlig’i 
    shahar, tuman FMTX boshlig’iga qo’yilgan vazifa bajarilib bo’lganligi to’g’risida 
    hisobot berishi kerak. Uning ko’rsatmasiga asosan BTYO o’z faoliyatini to’xtatishi 
    va shahardan chetdagi boshlang’ich tumanga ko’chishi mumkin. Boshlang’ich 
    tumanga qaytgandan keyin BTYO dastavval jangovor tayyorgarlikka keltirilishi 
    kerak, bundan keyin shaxsiy tarkib shahar, tuman FMTX boshlig’ining maxsus 
    ko’rsatmasigacha ixtisoslashgan kasalxonalarning biriga jalb etilishi mumkin. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish