317
Qabul-saralash bo’limi quyidagi ishni tashkil etadi: zararlanganlarni olib kelgan
transportni
kutib olish, ularni saralash, kechiktirilmaydigan
yordamga muhtoj
zararlanganlarni transportdan tushirish, qolgan zararlanganlarni o’zining ma’muriy
tumanidagi
kasalxonalarga
ko’chirish,
yuqumli
bemorlarni
va
ruhiy
shikastlanganlarni aniqlash va chetlatish. Saralash
maydonida zararlanganlar
mo’ljallanishiga qarab taqsimlanadilar. Saralash maydoni bosh kasalxonaga kelgan
ko’p sonli zararlanganlarni sig’dirishga qodir bo’lishi kerak. Saralashni saralovchi
brigada amalga oshiradi. Saralovchi brigada
tarkibida shifokor-jarroh, hamshira
ro’yxatchi, dozimetrist va sanitarlar bor. Saralovchi
brigada zararlanganlarni
harakter iga qarab quyidagi guruhlarga bo’ladi:
hayot ko’rsatkichiga asosan kechiktirilmaydigan tibbiy yordamga muhtoj
zararlanganlar (shu jumladan transport ta’sirini ko’tara olmaydigan zararlanganlar);
kasalxonada oxirigacha davolanuvchi og’ir ixtisosli zararlanganlar (ko’kragi,
oyog’i jarohatlanganlar v. b);
yuqumli bemorlar yoki
yuqumli kasallikka ehtimolli, va ruhiy-asabiy
buzilganlar (kerakli chetlatish yoki kasalxonaga yuboriladi).
shu qishloq tumanidagi IK va KIK (ko’p ixtisosli kasalxona)ga
ko’chiriladigan transport ta’sirini ko’tara oladigan
zararlanganlar, statsionar (yotib)
davolanishga muhtoj bo’lmagan yyengil zararlanganlar;
bosh kasalxonada qoladigan zararlanganlar qabul bo’limidan o’tishadi.