• 34. DAVLAT APPARATINI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI
  • 35. DAVLAT ORGANLARI TIZIMI Davlat organi
  • DAVLAT APPARATI TUSHUNCHASI




    Download 37,61 Kb.
    bet3/19
    Sana26.01.2024
    Hajmi37,61 Kb.
    #146348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPI

    33. DAVLAT APPARATI TUSHUNCHASI


    Davlat apparati - bu davlat mexanizmining tarkibiy qismi bo‘lib, u davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun berilgan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat organlari majmuidan iboratdir.
    Davlat apparatining quyidagi xususiyatlari mavjud:
    • davlat apparati boshqaruv bilan maxsus shug‘ullanuvchi kishilardan iborat;


    • davlat apparati muayyan organlarning murakkab tizimidan tashkil topgan bo‘lib, ular bevosita hokimiyatga daxldor funksiyalarni ado etadilar hamda o‘zaro mustahkam aloqada bo‘ladilar;


    • davlat apparatiga kiruvchi barcha organlarning faoliyati tashkiliy va moliyaviy vositalar bilan, zarur hollarda esa, majburiy ta’sir choralari bilan ham ta’minlanadi;


    • davlat apparatining faoliyati fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini ishonchli tarzda kafolatlash va muhofaza qilishga qaratilgandir.




    34. DAVLAT APPARATINI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH TAMOYILLARI


    Davlat apparatini tashkil etish va faoliyatini amalga oshirishga doir tamoyillar quyidagilardan iborat:
    • ­­­­­­­­­­­mamlakat barcha aholisining manfaatlarini himoya qilish;


    • qonuniylik;


    • davlat apparatini tashkil etishda xalqchillik (demokratizm);


    • professionalizm, shu jumladan kasb etikasi talablariga qat’iy amal qilish;


    • oshkoralik, ya’ni davlat huquqiy jarayonlarida bo‘layotgan hodisalardan aholining xabardorligi;


    • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanganligi va boshqalar.




    35. DAVLAT ORGANLARI TIZIMI


    Davlat organi – bu qonuniy asosda tashkil etiladigan, davlat hokimiyatini amalga oshirish jarayonida muayyan vakolatlarga ega bo‘lgan, davlat apparatining mustaqil bo‘g‘ini.
    Davlat organi – bu davlat hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan va belgilangan tartibda hamda o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida kompetensiyasini amalga oshiradigan davlat apparatining bir qismi.

    Download 37,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 37,61 Kb.