• 39. IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING OB’EKTIV ZARURIYATI
  • Normativ tartibga solish
  • Individual tartibga solish
  • IJTIMOIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI




    Download 37,61 Kb.
    bet6/19
    Sana26.01.2024
    Hajmi37,61 Kb.
    #146348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPI

    38. IJTIMOIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI
    Ma’lumki, jamiyat – bu kishilar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarning mahsuli, ular hayotining ma’lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli xil (iqtisodiy, oilaviy, ma’naviy, sinfiy, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig‘indisidir. Ijtimoiy munosabatlar deganda jamiyatda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan aloqalar tushuniladi.

    Ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiy sub’ektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar.


    39. IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING OB’EKTIV ZARURIYATI
    Har qanday jamiyatda uning a’zolari munosabatla­rini tartibga solish jamiyat mavjudligining zaruriy sharti­dir. Ijtimoiy hayotda tartibga solish – odamlar va ular jamoalari xatti-harakatlarini belgilash, ushbu xatti-harakatlarning doimiyligi va rivoji uchun zarur yo‘nalishlar berish, uni muayyan bir qo­lipga tushirish, aniq maqsadni ko‘zlagan holda tartibga solib bo­rish demakdir. Ijtimoiy tartibga solish ikki xil – normativ va individual ko‘rinishga ega. Normativ tartibga solish umumiy xususiyatga ega bo‘lib, bunda normalar (qoidalar) jamiyatning barcha a’zolariga yohud uning muayyan qismiga tegishli bo‘ladi. SHu o‘rinda normativ tartibga solishning yuzaga kelishi – ijtimoiy tartibga solishning eng muhim burilish nuqtalaridan biri bo‘lib, uning taraqqiyotida yirik sifat o‘zgarishlarini, tub burilishlarini boshlab ber­ganligini alohida ta’kidlash joiz.

    Individual tartibga solish esa aniq sub’ektga taalluqli hisoblanadi, ya’ni tegishli tarzda harakat qilish uchun berilgan individual buyruqdan iborat bo‘ladi. Tartibga solishning har ikki turi bir-biri bilan cham­barchas bog‘liq bo‘lib, ular o‘zaro bir-biriga ta’sir qiladi, bir-biri­ning mavjudligini taqozo etadi.



    Download 37,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 37,61 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IJTIMOIY MUNOSABATLAR TUSHUNCHASI

    Download 37,61 Kb.