|
Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi
|
bet | 8/19 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 37,61 Kb. | | #146348 |
Bog'liq HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPIDiniy normalar – dindorlarning xudoga, bir-biriga munosabatini, diniy tashkilotlarni tashkil qilish va ularning amal qilishini tartibga solishga qaratilgan qoidalar.
Jamoat birlashmalarining (korporativ) normalari – jamoat birlashmalarining o‘z faoliyatini tartibga solish va tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari. Jamoat tashkilotlari ichki vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish hamda o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etish maqsadida korporativ normalarni ishlab chiqadilar. Korporativ normalar muayyan bir jamoat tashkilotining rahbar organlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi, vakolatlari, nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi, tashkilot a’zolari hamda qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va boshqalar to‘g‘risidagi normalar bo‘lib, ular faqat o‘sha tashkilot a’zolari hamda qatnashchilariga nisbatan joriy etiladi va faqat ular uchun majburiy hisoblanadi.
Urf-odat normalari – kishilar o‘rtasida ko‘p marta takrorlanganligi sababli odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari. Urf-odatlar muayyan ijtimoiy muhitda tarkib topib, avloddan-avlodga o‘tib yuradigan xulq-atvor qoidalari sifatida kishilarning tabiiy-hayotiy ehtiyoji ko‘rinishida maydonga chiqadi va qayta-qayta takrorlanish natijasida ular uchun odatiy hol bo‘lib qoladi.
An’anaviy normalar – ilg‘or an’analarni asrash munosabati bilan yuzaga keladigan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari. An’analar kishilar avlodlari o‘rtasidagi vorislikning xilma-xil bog‘lanish yo‘nalishlari sifatida, kattalar tajribasi yoshlar tomonidan o‘zlashtiriladigan uzatish mexanizmi sifatida maydonga chiqadi.
41. IJTIMOIY NORMALARNING UMUMIY VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ijtimoiy normalar umumiy belgilar bilan birgalikda o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Buni huquq va axloq normalarining o‘zaro nisbatida ko‘rib chiqish mumkin.
Huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir;
falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq – ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bog‘liq bo‘lgan ustqurma kategoriyalardir;
huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat birdan-bir boshqarish ob’ektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va jamoalarga yo‘naltirilgan;
huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uyg‘unlashtirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi;
inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular kishi irodasining erkinligi, xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi;
huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa – ijtimoiy hayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish vazifalarini ko‘zda tutadi va boshqalar.
|
| |