• Ijtimoiy normalar
  • Axloq normalari
  • Siyosiy normalar
  • Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi




    Download 37,61 Kb.
    bet7/19
    Sana26.01.2024
    Hajmi37,61 Kb.
    #146348
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
    Bog'liq
    HOKIMIYATLAR BO\'LINISHI PRINSIPI

    40. IJTIMOIY NORMALAR TIZIMI


    Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar doirasidagi munosabat­larni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan o‘zaro aloqalarini qat’iy belgilovchi ij­timoiy-texnik normalar majmuidir.
    Jamiyatda amal qiladigan barcha normalar ikki katta guruh – ijtimoiy va texnik guruhlarga bo‘linadi. Mazkur bo‘linish tartibga solish predmetiga asoslanadi. Agar ij­timoiy normalar kishilar xulq-atvori va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tar­tibga soladigan bo‘lsa, texnik normalar esa odamlar bilan tashqi dunyo, tabiat, texnika o‘rtasidagi munosabatlarda shu vazifani bajaradi. SHu jihatdan olganda, texnik normalar “inson va mashina”, “inson va meh­nat quroli”, “inson va ishlab chiqarish” tipidagi, ya’ni inson bilan uni o‘rab turuvchi jonsiz predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi deyish mumkin.
    Ijtimoiy normalar – bu kishilar hamda ularning jamoalari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalaridir.
    Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:
    1. axloq normalari;


    2. siyosiy normalar;


    3. diniy normalar;


    4. korporativ normalar;


    5. urf-odat normalari;


    6. an’ana normalari;


    7. huquq normalari va boshqalar.




    Axloq normalari – adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, maqtov va isnod, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladigan yoki qoralanadigan xatti-harakatlar, or-nomus, vijdon, burch, qadr-qimmat va hokazo kategoriyalar ko‘rinishida ijtimoiy hayot sharoitlarining bevosita ta’siri sifatida kishilar ongida shakllanadigan qarashlar, tasavvurlar va qoidalardir.
    Siyosiy normalar – alohida shaxslar va ular birlashmalarining hokimiyatga munosabati masalalarini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalari.

    Download 37,61 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




    Download 37,61 Kb.