Yig‘ilish qaror qiladi:
1. Fan o‘qituvchilarini tuman va viloyat seminarlaridagi ishtiroki “qoniqarli” deb topilsin va o‘qituvchilarni tuman va viloyat seminarlarida faol qatnashishi belgilab qo‘yilib, nazorati O‘IBDO‘ _______________ga yuklatilsin.
2. Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligi “yaxshi” deb topilsin va olib borilayotgan ishlar samaradorligi yanada oshirilsin.
3. “Murakkab fanni o‘rganaman” tavsiyasi asosidagi nutqi metodbirlashma a’zolari o‘rtasida o‘rganib chiqilsin.
Metodbirlashma rahbari: _______________
Kotibi: _______________
_____________ tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № ___
“_____” aprel 20 ___ yil _____________________
Yig‘ilish raisi: _______________
Kotibi: _______________
Qatnashdilar: Metodbirlashma a’zolari
Kun tartibidagi masalalar:
1. Fan o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida o‘qishlari va malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida
2. Fanlardan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash borasida tashkil etilgan ishlar va ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning ahvoli to‘g‘risida
3. III chorakda o‘tkazilgan monitoring yakuni bo‘yicha o‘quvchilar bilim sifat darajasini o‘tganish to‘g‘risida
Eshitildi:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metod birlasma rahbari _____________ so‘z olib, fan o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida o‘qishlari va malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida maruzasida hozirgi kunda ta’lim sohasidagi yangiliklar va soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdi jumladan malaka oshirish kurslarini onlayn hamda oflayn ko‘rinishida amalga oshirilishi va malaka oshirish kurslarining muddati 1 hafta etib belgilanib undan 18 kredit to‘plagan tinglovchi kursni yakunlagan hisoblanishi haqida gapirdi. Shundan keyin ____________ fani o‘qituvchisi ___________ muzokaralarga kirishdi, malaka oshirish kursida qatnashib qaytgan ________________ o‘zining o‘rgangan yangiliklari, bilim va ko‘nikmalarini haqida hamkasblariga yangilik va yangicha metodlar haqida nutq so‘zladi.
2-masala yuzasidan O‘IBDO‘ ____________ so‘z olib boshlang‘ich ta’limdan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash borasida tashkil etilgan ishlar va ular bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning ahvoli to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Eng avvalo, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash yildan-yilga o‘z mevasini berib boryapti bunda yaqqol misol sifatida o‘tgan o‘quv yili yakuni bo‘yicha bitiruvchi o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish bo‘yicha sal kam _______% ni tashkil etgani hamda fan olimpiadalaridagi o‘quvchilarning olgan natijalari ham iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash samara berayotganidan darak berayotganligini, ushbu yutuqlar bilan sarmast bo‘lib qolmasdan ishlashda yanada yangi marralarni zabt etishga harakat qilmoqlik zarurligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
3-masala yuzasidan O‘IBDO‘ ________________ ma’ruzasi tinglandi III chorak yakuni bo‘yicha boshlang‘ich ta’limdan olingan ichki monitoring natijalariga ko‘ra maktab o‘quvchilarining olgan o‘rtacha sifat samaradorlik va o‘zlashtirish natijalarini hisoblab chiqilganda ballari umumiy ____ % ni tashkil etayotganligi, buning sababi 9-sinf o‘quvchilarining natijalari “qoniqarli” chiqqani bilan bog‘lash mumkinligini, shu o‘rinda 9-sinf o‘quvchilari va qolgan sinf o‘quvchilarining natijalarini yana ham yaxshilash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ushbu reja bo‘yicha ishlar olib borish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
|