Yig‘ilish qaror qiladi:
2-chorakda qilingan ishlar “qoniqarli” deb topilib 3-chorakda barcha fan o‘ituvchilari o‘z fanlarini o‘quvchilarga puxta tayyorlangan holda darslar o‘tib o‘quvchi yoshlarni bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun bor mehrini berib ishlash barcha fan o‘qituvchilari zimmasiga yuklatilsin.
Maktabda tashkil etilgan fan to‘garaklar faoliyatini yaxshi deb baholash va joriy yildagi barcha fan to‘garaklari o‘z vaqtida va qat’iy tartibda o‘tkazilish belgilansin.
Yuqoridagi qarorlar ijrosini ta’minlashni o‘z zimmamda qoldiraman.
Metodbirlashma rahbari: _______________
Kotibi: _______________
_____________ tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
____-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich ta’lim metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № ___
“_____” fevral 20 ___ yil _____________________
Yig‘ilish raisi: _______________
Kotibi: _______________
Qatnashdilar: O‘IBDO‘ va metodbirlashma a’zolari
Kun tartibidagi masalalar:
1. O‘qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanish va ijodiy muhitni yaratish orqali ta’lim samaradorligini oshirish
2 “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g ‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarorni o‘rganish
3. “Kundalik com”dagi kamchiliklarni bartaraf etish
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari ________________ so‘zi tinglandi. U o‘z so‘zida o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida dars samaradorligini oshirish, mustaqil fikrlash, munosabat bildirish ko‘nikmasini shakllantirish, ya’ni interfaol tushunchasini yuzaga keltirish kerak. Bu usulda o‘quvchilar o‘zi faol ishtirok etgan holda, yakka juftlikda,guruhlarda muammo savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi , so‘zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Ilg‘or pedagogik texnologiyaning juda ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ular seminar darslari, konferensiya darslari, “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “B.B.B”, “Debatlar”, “Tanqidiy tafakkur” va boshqalardir. Bu usullardan o‘quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin- deya ta’kidladi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metodbirlashma rahbari _______________ so‘zga chiqdi. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30- sentabrdagi 823-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qaroriga kiritilgan o‘zgarishlar bilan o‘qituvchilarni tanishtirib o‘tdi. Har bir pedagokka 20__-20__ – o‘quv yili mobaynida o‘quvchilari fan olimpiadalari va turli tanlovlar yaxshi ko‘rsatkichlarga erishayotganligi, sinfdan tashqati ishlarda erishayotgan yutuqlari, pedagogik ish tajribani ommalashtirishdagi faoliyati hamda muntazam ravishda pedagogik malakasini oshirib borayotganligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 831-sonli qarori bilan belgilangan “Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlari” asosida mehnat faoliyatimni o‘rganishingiz va mos ravishdagi baholab, kelgusi 20__-20__ – o‘quv yili uchun har oylik ustamalar belgilashini aytib o‘tdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan _______________ so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiy, ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6108-son Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar bilimini baholash, jarayonini raqamlashtirish, shaffofligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi “Ta’lim jarayonini boshqarishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi 284-sonli buyrug‘iga muvofiq respublikaldagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Kundalik.com joriy etilganligi, bu raqamli ta’lim platformasi bo‘lib, o‘qituvchilar uchun onlayn rejimda darslarni rejalashtirish, dars ishlanmalarini tuzish, o‘quvchilarning davomati va yutuqlarini jurnal hamda kundalikning elektron shakllarida yuritish imkonini yaratishini, bugungi kungda kundalik.comdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida to‘xtalib o‘tdi.
|