|
II.FUNKSIYaLAR BILAN ISHLASH
|
bet | 16/166 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 11,86 Mb. | | #256483 |
II.FUNKSIYaLAR BILAN ISHLASH
Funksiyada argumentlar ishlatilmasa ham, bo‘sh qavslar ko‘rsatilishi lozim.
MASALAN, =RAND(). Agar funksiyada bittadan ortiq argument ishlatilsa, ular orasiga nuqtali vergul (;) qo‘yiladi. Formulalarga funksiyani kiritishning ikkita usuli mavjud:klaviatura yordamida qo‘lda kiritish va EXCEL dagi «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) piktogrammasi orqali kiritish.
« МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) ni qo‘llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik To‘g‘ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panelidagi piktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim.
«МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Kategoriyalardarchada 11 ta turli xil sohalarga tegishli bo‘lgan funksiyalar kategoriyalari berilgan.
Agar foydalanuvchining maxsus funksiyalari ham qo‘llanilsa, bu kategoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funksiyalar ro‘yxatidagi kategoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot darchasida shu funksiya kategoriyasiga tegishli funksiyalarning ro‘yxati chiqadi. RO‘YXATLAR DARChASIDA funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumentlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma'lumot paydo bo‘ladi. Bu quyidagi rasmda keltirilgan
«МАСТЕРФУНКЦИЙ» (FUNKSIYALAR USTASI) BILAN ISHLASH HAQIDA TAVSIYANOMALAR
1. Agar tanlangan funksiya haqida qo‘shimcha ma'lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «Справка» (Ma'lumot) tugmasiga olib borib bosing.
2. Yangi funksiyani kiritishda «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) avtomatik ravishda qator boshiga «=» (teng) belgisini qo‘yadi.
3. «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) ni chaqirishda katakcha bo‘sh bo‘lmasa, unda katakchadagi ma'lumotlar o‘chirib tashlanadi.
4. «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi) ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funksiya kiritilishi kerak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, keyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «МАСТЕРФУНКЦИИ» (Funksiyalar ustasi)ni ishga tushirish kerak.
Funksiyani kiritish masteri yordamida funksiyalarni kiritish.
piktogrammasi bosilgandan keyin rasmdagi darcha paydo bo’ladi.
Kategoriya (chap darcha) funksiya (o‘ng darcha) menyularidan tanlab olinadi.
Argumentlari jadvaldan kursor orqali ko‘rsatiladi.
Algaritimlarni kiritish qatorlari
M icrosoft Excelning o‘rta maktab matematika va boshqa fanlarida o‘rganilgan va ishlatilishi mumkin bo‘lgan ayrim matematik va mantiq funksiyalari ro‘yxatini keltiramiz:
1.СРЗНАЧ (argumenlar ro‘yxati) – argumentlarning o‘rta arifmetik qiymatini hisoblaydi.
2.МАКС (argumenlar ro‘yxati) - argumentlarning maksimumini aniqlaydi.
3.МИН (argumenlar ro‘yxati) – argumentlarning minimumini aniqlaydi.
4.ФАКТР (son) – butun son faktorialini hisoblaydi.
5.КОРЕНЬ (son) – kvadrat ildizni hisoblaydi.
6.АБС (son) – sonning modulini aniqlaydi.
7.ЛН(son) – sonning natural ( e-asosli) logarifmini hisoblaydi.
8.SIN(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak sinusini aniqlaydi.
9 .COS(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak kosinusini aniqlaydi.
10.TAN(son) – radian o‘lchovida berilgan burchak tangensini aniqlaydi.
Yuqorida keltirilgan va boshqa funksiyalardan foydalanishda Excel ning o‘zida keltirilgan ro‘yxatdan osongina foydalanishingiz mumkin.
Excel da mantiqiy funksiyalari ham kiritilgan. Ulardan siz bilgan Paskal tilida funksiyalar qanday yozilsa, shu kabi yoziladi.
Masalan:
IF(,<1-ifoda>,<2-ifoda>). Mantiqiy ifodaning natijasiga qarab, birinchi yoki ikkinchi ifodalar bajariladi.
1.CHIZIQLI JARAYONGA MISOL
2.TAKRORLANISH JARAYONI
3.YIG‘INDI VA KO‘PAYTMAGA MASALA YECHISH
III. EXCELDA DIAGRAMMALAR YARATISH
DIAGRAMMALAR grafiklar deb ham ataladi. Ular elektron jadvallarning ajralmas qismidir. EXCELda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki hil varianti mavjud:
1 . Diagrammani varoqning ichki elementi sifatida bevosita varoqqa qo‘yish. (Bu diagramma joriy qilingan diagramma deb ataladi.)
2. Ishchi kitobning yangi diagrammalar varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varag‘idan bitta diagrammani saqlashi va katakchalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi.
Agar diagramma varag‘i aktivlashtirilsa, unda EXCEL menyusi u bilan ishlash uchun mos holda o‘zgaradi.
«МАСТЕРДИАГРАММЫ»(Diagrammalar ustasi) yordamisiz diagrammalarni hosil qilishda EXCEL qo‘shimcha ko‘rsatmasiz, qabul qilingan turini ko‘radi. Agar «МАСТЕРДИАГРАММЫ» (Diagrammalar ustasi) qo‘llanilsa, unda EXCEL bir nechta turini tanlab olish imkoniyatini beradi. «МАСТЕРДИАГРАММЫ» (Diagrammalar ustasi) piktogrammasi uskunalar panelida quyidagi ko‘rinishga ega:
«МАСТЕРДИАГРАММЫ» yordamida qadamma-qadam diagramma qurishni ko‘rib chiqamiz:
1- qadam.
Ushbu rasm boshqaruv piktogrammalarida ni sichqoncha bilan belgilaganda paydo bo‘ladi. Rasmning chap tomonidagi ro‘yxatda diagramma turlari, o‘ng tomonida uning ko‘rinishlari berilgan. Kerakli tur va ko‘rinishdagi diagramma tanlanganidan keyin pastdagi «Далее» knopkasi bosiladi.
Chap tomonda «Гистограмма» va o’ng tomonda tekislikdagi oddiy ko‘rinish olingan.
E'tibor bering, rasmdagi faol turgan «qatlam» «Стандартные» qatlami. «Нестандартные» qatlamidan boshqa turdagi diagrammalarni ham tanlash mumkin.
|
| |