membrananing shimish kuchining pasayishiga, energetik jarayon-
laming buzilishiga olib keladi. Bunda plazmatik membrananing
o ^ azu v ch an lik xossasining ortishi natijasida
hujayra ichiga suv
kirib, u shishadi, sitoplazmada Na+ va Ca2+ ionlari kontsentratsiyasi
oshadi, vakuolyar tizim komponentlari membranalari uzilib sitozolda
oqsil sintezi to‘xtaydi, lizosoma gidrolazalari sitoplazmaga chiqib
hujayra lizislanadi. Sitoplazmadagi bu o ‘zgarishlar bilan bir vaqtda
yadroda ham o'zgarishlar kechadi. Nekrozning o ‘ziga
xos tomoni
shundaki unga katta guruh hujayralar uchraydi. Nekrozga uchragan
hujayralar leykotsitlar hujumiga uchrashi natijasida to‘qimaning shu
qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi.
Apoptoz
Organizm laming rivojlanishi jarayonida bir qism hujayralar hech
qanday fizikaviy yoki kimyoviy o ‘zgarishlarsiz nobud boclib turadi.
Ya’ni ulaming “sababsiz” o ‘limi sodir b o iad i. hujayralar o ‘limini
ontogenezning deyarli hamma bosqichlarida kuzatish mumkin. Ma-
salan, neyroblast va gonadotsitlaming nobud boMishi, hasharotlar
va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralaming nobud bo‘lishi ( it-
baliqning dumi va tritonning jabralari rezorbtsiyasi). Voyaga yetgan
organizmda ham domiy ravishda hujayralaming to ‘satdan o ‘limi
sodir
bo‘lib turadi. Qon hujayralari-neytrofillar, teri epidermisi hujayralari,
ingichka ichak hujayralari - enterotsitlar millionlab nobud bo‘ladi.
Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki hujayra o‘limi hujay-
ralararo aloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko‘p hujayrali or-
ganizmlaming hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan “signal” ol-
ishlari kerak. Bunday signallarning bo'lmasligi hujayrada o cz-o‘zini
nobud qilish mexanizmi ishga tushishiga olib keladi. Masalan neyron
hujayralarini o ‘stiruvchi omil (NGF) bo‘lmasa ular nobud bo‘ladilar.
Jigar hujayralaridagi apoptozda quyidagi jarayonlar kuzatiladi.
Jarayonning 1 boshida hujayralaming qo‘shni
hujayralar bilan aloqasi
uziladi, ular bujmayib, yadrolarda xromatin kondensatsiyalanib, yadro
va undan keyin hujayraning o‘zi ham mayda bo‘laklarga parchalanib,
har bir bo‘lak plazmatik membrana bilan o‘raladi. Bu hosil bo‘lgan
1
Gerald Karp. Cell and Molecular Biology. USA, 2013, «Wiley».452 p.
176
bo'laklar apoptoz tanachalar deb ataladi. Apoptoz hujayraning erib
ketishi, lizisiga emas maydalanishi yoki parchalanishiga olib keluv-
chi jarayon. Plazmatik membrana bilan o‘ralgan apoptoz tanachalar
o ‘ziga makrofaglarni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar
yordamida apoptoz tanachalarni hazm qiladi. Qizig‘i
shundaki, mak
rofaglar q o ‘shni sog4 hujayralarga tegmasdan faqat apoptoz hujay
ralar ini tanib oladi. Bunga sabab apoptoz natijasija plazmatik mem-
brananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan
fosfolipid - fosfatidilserin chiqib qoladi. Bu hoi esa makrofaglar uc
hun signal bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, tanlab olinadigan fag-
otsitoz orqali to‘qimalar nobud bo‘lgan hujayralardan tozalanadilar.
Demak, apoptoz hujayraning genetik
programmalashtirilgan
o ‘limi bo‘lib, bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi.
Apoptozga turli tashqi omillar- nurlanish, toksinlar sabab bo‘lishi
mumkin. DNKda ro‘y beradigan qaytmas salbiy o ‘zgarishlar, mitox-
ondriyalarda energeti к jarayon laming buzilishi, endoplazmatik to‘rda
oqsil sintezining to ‘xtashi ham apoptozni keltirib chiqarishi mumkin.
Apoptoz yo‘li bilan ayrim hujayralaming olib tashlanishi -
elim inatsiya deyiladi. Apoptozning sodir bo‘lish mexanizmlari
o'sim liklarda ham hayvonlarnikidek bo‘lib,
lekin apoptoz tanachalari
shu tanachar tarkibidagi gidrolazalar ta’sirida parchalanadi, chunki
o ‘simliklarda hayvonlardan farqli ravishda fagosomalari bo‘lmaydi.
0 ‘simiiklardagi apoptozni ildiz g ‘ilofi hujayralarining yemirilishida,
ksilema va floemaning hosil bo‘lishida kuzatish mumkin. Kuzgi
barglarning to ‘kilishi barg bandining ayrim hujayralari apoptozga
uchrashi natijasida sodir boMadi.
Apoptoz yoki hujayraning programmalashtirilgan o‘limining bi-
ologik
ahamiyati shundaki, organizm o‘z faoliyatini tugatgan, pa
tologik o‘zgarishlarga uchragan, mutant va viruslar bilan zararlangan
hujayralardan holi bo'ladi.