8. “sababsiz” o ‘Iim bu nima?
a. Apoptoz
b. Nekroz
c. Mitoz
9. Eliminatsiya nima?
a. Ayrim hujayralaming olib tashlanishi
b. Hamma hujayralaming olib tashlanishi
c.
Hujayralaming o ‘limi
10. 0 ‘simIiklardagi apoptozni nimalarda kuzatish mumkin?
a. Ildiz g ‘ilofi hujayralarining yemirilishida, ksilema va flo-
emaning hosil bo‘lishida
b. Ildiz g ‘ilofi hujayralarining hosil bo‘Iishida, ksilema va flo-
emaning yemirilishida
c. Ildiz g ‘iIofi hujayralarining yemirilishida, ksilema va flo-
emaning yemirilishida.
179
LABORATORIYA M ASHG‘ULOTLARI
1-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
HUJAYRA BIOLOGIYASIDA QO‘LLANILADIGAN
TADQIQOT USULLAR
Sitologiyada qoMlaniladigan tadqiqot usullari bir necha xil boMib,
zamonaviy tadqiqot usullari tirik va fiksatsiyalangan (qotirilgan) tuz-
ilmalami o ‘rganishga Imkon beradi.
Klassik tadqiqot usuli kesmalami fiksatsiyalab bo‘yagan ho Ida
tayyorlangan preparatlar hisoblanadi. Bu preparatlami oMganishning
asosiy usuli mikroskop ostida ko£rishdir. Preparatlar juda yupqa va
yorugMik o‘tkazadigan boMishi kerak.
Preparatlar ko‘pincha yorugMik mikroskopi ostida ko'riladi. Ele-
ktron mikroskop eng murakkab molekulyar qismlarni o ‘rganishga
imkon beradi.
Biologik laboratoriyalarda aksari yorugMik mikroskopidan
foydalaniladi(2rasm). Bu mikroskopning o'ndan ortiq turlari bor.
Ular elektr yoki tabiiy yorugMik bilan ishlaydi. Hozirgi vaqtda gis-
tologik va sitologik preparatlami mikroskopda ko‘rishning 15 dan
ortiq usuli mavjud. Quyida ularning eng asosiylari ustida qisqacha
to'xtalib o4amiz.
Qorong‘i maydonli mikroskopda ko‘rish. Bu mikroskopning tuz-
ilishi va unda preparatlami ko‘rish tartibi yom g‘ maydonli mikros-
kopdagi bilan deyarli bir xil bo‘lib, u tirik hujayra va to ‘qima tuz-
ilmalarini o‘rganishga m o‘ljallangan. Unda hujayrani qorong‘i may-
donda ko‘rish kondensorga qo‘yiladigan maxsus plastinka yordamida
amalga oshiriladi, ya’ni yorug‘lik nuri kondensor orqali ob’yektga
qiyalatib tushiriladi. Bunda ob’ekt (masalan plastidalar) yorishib,
maydon qorong‘iligicha qoladi. Tirik hujayra tarkibidagi tuzilmalar
yaxshi ko'rinishi uchun ob’yektga tushayotgan yorugMik nuri har xil
optik qalinlikda bo‘lishi shart. M azkur mikroskopda bo‘yalgan yoki
bo‘yalmagan tirik hujayralami, hujayra tuzilmalarini va bakteriyalar-
ni o‘rganish ancha qulay.
Fazali kontrast mikroskopda k o‘rish. Bo‘yalmagan tirik hu
jayralar, odatda yorugMik nurini tutib qolmasdan, o'zidan o ‘tkazib
yuboradi. Shuning uchun ular mikroskopda ko'rinmaydi yoki anglab
180
bo‘lmas darajada ko‘rinadi. Ulami ko‘rish uchun tegishli bo‘yoqlar
bilan bo‘yashga to‘g ‘ri keladi. Fazali kontrast mikroskopiya usuli
o‘rganilayotgan bo‘yalmagan tuzilmalaming bizga zarur bo‘lgan
kontrastligini ta’minlaydi. Kontrastlikni, odatda, ob ’yektivdagi fazali
plastinka deb ataladigan kondensorga o ‘matilgan maxsus xalqa - di-
afragma - hosil qiladi. O b’yektni qanchalik yaxshi ko‘rish nurning
sinish darajasiga bog‘liq. Yorug‘lik nuri ob’yektdan qancha tez o ‘tsa,
uning yoritilishi, demak, kontrastligi shuncha ortadi, binobarin, hu
jayra tuzilmalari ham shunga yarasha yaxshi k o ‘rinadi.
Interferentsion mikroskopda ko‘rish. Mazkur mikroskopda ko‘rish
usuli fazali kontrast mikroskopda ko‘rishga o ‘xshasada, unga nisbatan
ko‘proq imkoniyatga ega. Masalan, uning yordamida bo‘yalmagan
tirik hujayralaming aniq tasvirini va ularning quruq vaznini aniqlash
mumkin. Bundan tashqari, bu usul yordamida hujayralaming qa-
linligi, tarkibidagi quruq raoddalaming zichligini, shuningdek suv,
nuklein kislotalar, oqsil va fermentlaming miqdorini bilish mumkin.
Interferentsion usulda bo‘yalgan preparatlarda hujayraning yadrosi,
odatda qizilga, sitoplazmasi esa zangori rangga bo‘yaladi.
Lyuminestsent (yoki flyuorestsent) mikroskopda ko‘rish. Lyu-
minestsentsiyada qator moddalaming atomlari (molekulalari) qisqa
toMqinli nurlanish yutar ekan, u qo‘zg ‘algan holatga keladi. Ulam-
ing qo‘zg‘algan holatdan normal holatga o ‘tishi esa yorug‘likni katta
to ‘lqin uzunligida tarqatib yuborish hisobiga bo‘ladi. Binobarin, pre-
parat unga nur ta’sir qilish vaqtida hosil bo‘lgan energiya hisobiga
nurlanadi, y a’ni flyuorestsentsiyalanadi.
Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko4rish. Bu mikroskop linzalari
kvarsdan yasalgan bo‘lib, u faqat ultrabinafsha nurlarini o'tkazadi.
Bu mikroskopda kvartsdan yasalgan buyum oynasi va qoplagich
oynachalar ishlatiladi. Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish
hujayrani chuqurroq o ‘rganishga imkon beradi.
Polyarizatsion mikroskopda ko‘rish. Bu usul hujayra va
to ‘qimalaming anizatrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini
o ‘rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan tuzilmalardagi mole-
kulalaming joylanishini o ‘rganish mumkin va hujayraleir tuzilmasi
aniqlanadi. /
Bu mikroskop hujayra boMinishi, xromosomalar va organoid tuz-
ilishini o ‘rganishda xam qo‘l keladi.
181
|