3-rasm. Elektron mikroskopning umumiy ко ‘rin is hi
Sitokimyoviy tadqiqot usullari. Yuqorida aytib o ‘tilganidek,
hozirgi mikroskoplar yordamida tirik yoki fiksatsiya qilingan (qotiril-
gan) ob’yektlaming nozik morfologik tuzilmalari har toraonlama
o ‘rganilsa ham, ammo ularning sifat va miqdoriy tarkibi to‘la ochil-
may qolaveradi. Buni, odatda, alohida sitokimyoviy tadqiqot usullari
yordamida o ‘rganiladi.
Sifatiy sitokimyoviy usullar. Bu usullar
sitologik va kimyoviy
tekshirish usullarini birga qo‘llash natijasida kelib chiqqan. Binoba-
rin, sifatiy sitokimyoviy tekshirish usullari yordamida organ, to‘qima
va hujayralarning kimyoviy tuzilishi, ularda boradigan kimyoviy ja-
rayonlar o ‘rganiladi. Ular yordamida hujayralarda sodir bo* lib tura-
digan moddalar almashinuvi jarayonlari haqida aniq tasavvurga ega
bo‘lish mumkin. Hozirda sitokimyoviy usullar qo'llab, hujayralar
tarkibidagi aminokislotalar,
oqsillar, nukleinkislotalar, uglevodlar va
lipidlar hamda fermentlar faolligini aniqlash mumkin. Masalan, gal-
losianin RNKni binafsharangga bo‘yaydi va hokazo.
Miqdoriy sitokimyoviy usullar. Sitologik usullar uzluksiz ta-
komillashib, murakkablashib bormoqda. Endilikda shunday sitoki
myoviy tekshirish usullari yaratildiki, ular yordamida faqat hujayralar
tarkibidagi moddalar, ya’ni elementlaming sifati emas, balki ulaming
miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunday usullar sitologiyada miq-
183
doriy sitokimyoviy tadqiqot usullari deb nomoldi. Ular yordamida
odatda, muayyan to‘qima va hujayralar tuzilmasi aniqlanadi.
Radioavtografiya usuli. Bu usul yangi zamonaviy usul bo‘lib uning
yordamida hujayra va to‘qimalardagi moddalar almashinuvi o'rganiladi.
Buning uchun hayvon organizmiga ovqat hazm
qilish sistemasi orqali
yoki in’yeksiya yo‘li bilan har xil radioaktiv elementlar yoki nishonlan-
gan birikmalar yuboriladi. Radioaktiv fosfor-P, uglerod-C, oltingugurt-
S, vodorod-H yoki har xil izotop, chunonchi, radioaktiv izotop kabila-
lar shular jumlasidandir. Mazkur moddalardan birortasi eksperemintal
hayvon organizmiga u yoki bu yo‘l bilan kiritilgach,
har xil muddat-
larda ajratib olingan a’zolardan bo‘lakchalardan sitologik preparatlar
tayyorlanadi. Preparat tayyorlash odatdagi sitologik usul bilan deyarli
bir xil. Lekin farqi shundaki mikrotom yordamida olingan kesmalar
alohida fotoemulsiyaga solib qo‘yiladi (bu ishlar albatta, qorong‘i joy-
da bajariladi). Bu vaqtda radioaktiv moddalar nuri hujayralarga foto-
emulsiya orqali o‘tib, kumush bromid donachalami sensibilizatsiyalab
(sezib) qabul qiladi. Har xil muddatlardan so‘ng shu qorong‘i joyda
ulami xuddi fotografiya qog‘ozlarini tayyorlagandek qilib yuzaga
chiqaruvchi (proyavitel) va boshqa eritmalarga solib ishlov beriladi.
Shunda to‘qimada radioaktiv to‘plangan
joyida kumush donachalari
ko‘plab yig‘ilib ko‘rinadi. Binobarin, ana shu kumush moddalarning
yig‘ilgan miqdoriga qarab, a’zodagi moddalar almashinuvi tez yoki
sekin borayotgani haqida xulosa chiqarish mumkin.
Sentrifiigalash usuli. Bu usul bilan hujayraning turli tarkibiy
qismlari (yadro, mitoxondriya) ajratib olinadi. Sentrifuga minutiga
20000-40000 marta, ultrasentrafuga esa minutiga 100000 - 150000
marta aylantiradi.
Mikroxirurgiya usuli. Bu tirik hujayrada maxsus asbob -
mikromanipulyator yordamida nozik operatsiyalar o ‘tkazish usulidir.
Bu usul bilan hujayralar yadrosini ajratish, yadro qobig‘ini
uzish
yoki bo‘linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish mumkin.
Mikroasboblar asosan shishadan yasaladi. Bu usul yordamida
hujayra tuzilmalarining fizik xususiyatlarini, hujayra yadrosini va
organoidlaming xossalarini, holatini o ‘rganish mumkin. Bundan
tashqari bu usul yordamida hujayra yadrosini biridan ikkinchisiga
o ‘tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan - avlodga o ‘tishi
o‘rganiladi.
184
Tirik hujayralami o ‘stirish usuli. Hujayralami organizmdan
tashqarida (in vitro) va organizmda (Ln vivo) o ‘stirib o ‘rganish mum
kin. Hujayralar organizmdan tashqarida o‘stirilganda maxsus muhit
tayyorlanadi va bu oziq
muhitda hujayra harakatlanish, bo‘linish va
differtsiyalanish qobiliyatini saqlab turadi. 0 ‘stiriladigan hujayra
lar oziq muhitga solingandan keyin termostatda 38-39° С haroratda
saqlanadi. Bu hujayralar har 3-4 kundan keyin yangi oziqa muhitga
o'tkazilib turiladi. Hujayra- lami hayvonlaming hayoti davrida y a’ni
vital (VITA -hayot) bo‘yab o‘rganish mumkin. Buninng uchun litiy,
karmin, triptan kabi moddalarni hayvon qoniga, teri ostiga yoki biror
tana bo‘shlig‘iga yuborib, m a’lum vaqtdan keyin hayvon to‘qima va
hujayralari mikroskop ostida o krganiladi.Tirik hujayraning faoliyati,
uning tuzilishi mikrosyomka ya’ni mikroskop ostida fotosur’atga va
kinokameraga olinadi.
Hujayrani fiksatsiya qilish usullari. Hujayralami qotirib saqlab
qo‘yish usulida fiksator moddalar qoMlaniladi. Bu moddalar hujayra
tarkibiga kirib, uni qanday bo‘lsa shundayligicha
saqlashga imkon
beradi. Bu jarayon uchun quyidagi fiksator moddalar qo‘llani!adi:
i Formalin 4-10%. 2 Etil spirti 70°; 96°. 3 Sulemaning suvdagi
eritmasi. 4.Pikrin kislotali eritma (pikrin kislotasi - 15 ml,formalin
5-ml sirka kislotasi -1ml). 5 Sirka kislotali eritmalar. 6 Osmiy erit
masi. 7 Muzlatish uchun tabiiy muzlar [1]