MA’RUZA 10. HUJAYRA PATOLOGIYASI VA 0 ‘LIML
NEKROZ VA APOPTOZ.
Reja:
1. Hujayra patologiyasiga sabab bolluvchi omillar.
2. Nekroz
3. Apoptoz
Tayanch iboralar.
Patologiya, kariolizis, monosom.
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalami
plazmatik membrananing
buzilishiga sabab bo‘ladigan omillar, mitoxondriya patologiyasining
shakllari, yadroda ro‘y beradigan patologik jarayonlar, shish hujay-
ralarining hosil bo‘lish mexanizmi bilan tanishtirish.
M ashg‘ulot jihozlari: mitoxondriyalar, yadro,
plazmatik mem-
brana patologiyasi aks ettirilgan slaydlar.
Alohida olingan hujayralar ham butun organizmlar turli ta’sirlarga
uchrashi natijasida ularda strukturaviy funksional o‘zgarishlar yuzaga
kelib bu patologiya rivojlanishiga sabab b o ‘ladi. Bunday patologik
jarayonlar organizm ayrim funksiyalarining buzilishiga, hujayra va
organizm o‘limiga olib kelishi mumkin. K o‘p hujayrali organizmda
yuzaga keladigan patologik jarayonlar negizida
alohida olingan bitta
hujayrada yuzaga keladigan buzilishlar yotadi. Bu g ‘oyani R.Virxov
ilgari surgan(1858).
Haqiqatdan ham keng tarqalgan kasalliklardan biri bo‘lgan qand
diabeti kasalligining patogenezini ko‘rib chiqadigan bo‘!sak, uning
boshlangcich etapi hujayrada va oxirgi etapi a ’zolarda ekanligini
k o ‘rish mumkin. Bu kassallik giperglikemiya bilan xarakterli bo‘lib,
uning rivojlanishi buyrak, jigam i shikastlantiradi. Oshqozonosti
bezi Langergans orolchalaridagi hujayralarda
insulin gonnoni ishlab
chiqariladi. Bu hujayralarda betta granulalari sonining kamayib keti-
shi natijasida gormon ishlab chiqarilishi kamayadi va kasallik rivo-
jlanadi. Bir guruhga tegishli hujayralarda yuz beradigan o ‘zgarishlar
sekin- asta boshqa guruh hujayralarini ham qamrab oladi.
Shuni aytish kerakki, normal sog‘lom organizmda muntazam
ravishda hujayralar nobud bo‘lib turadi.
Bular qon hujayralari, qo-
plovchi va ichak epiteliysi hujayralari o ‘zini vazifasini o ‘tagandan
168
so‘ng hozirgacha nom a’lum sabablarga ko‘ra ularda biror bir funk-
siyaning o bchishi hujayra o ‘Iimiga olib keladi. K o‘pgina hujayralar
embrional rivojlanish davrida nobud boMadi. Masalan, vaqtinchalik
a ’zolarni hosil qilishda ishtirok etadigan hujayralar. Nobud bo‘lgan
hujayralar to ‘qimadan fagositoz yo ‘l bilan chiqariladi. Ularning o ‘mi
yangi hujayralar bilan to ‘ldiriladi. OMimdan oldin bu hujayralarda
sintez jarayonlari to‘xtab
faolligi kamayadi, vakuolyar tizimi qismlar-
ga ajraladi, mitoxondriyalar o ‘zgarishga uchraydi va lizosoma ichi-
dagi fermentlar tashqariga chiqishi natijasida hujayra lizislanadi (erib
ketadi).
Shikastlangan hujayralarda ATF sintezi to ‘xtab kislorodga bo‘lgan
ehtiyoj oshadi.
Yadroning strukturaviy o‘zgarishida xromatin kondensatsiyalanib
yadro ichida sintez jarayonlari kamayadi.
Hujayra nobud bo‘lishida
xromatin koagulyatsiyasi, y a’ni uning
agregatlar ko‘rinishida yadroda yig‘ilishi kuzatiladi