Disklar-kondensatsiyalangan xromatid uchastkalari. Ular bir-
biridan qalinligi bilan farq qiladi. Ularning umumiy soni l,5-2,5ming
tagacha bo‘ladi.
Disklar diskaro qismlar bilan ajratilgan. Ular ham disklar singari
xromatin fibrillaridan tuzilgan, lekin ancha bo‘sh taxlangan.
Politen xromosomalar yuzasida shishlar ko'rinadi,
ular disklam-
ing dekondensatsiyalanishi natijasida hosil b o‘ladi. Shishlarda RNK
sintezlanadi. Demak shishlar transkripsiya joyi hisoblanadi. Shishlar
xromosomalar yuzasidagi vaqtinchalik tuzilmalar hisoblanadi. Or-
ganizm rivojlanishi mobaynida ular muayyan joy da va vaqtda hosil
bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishi gen faolligi natijasidir. Ularda hasha-
rotlar rivojlanishining turli bosqichlarida turli oqsillaming sintezi uc
hun RNK hosil bo‘lib turadi.
Xromosomalardagi disk va shishlarning
joylashishi turga xos
belgi bo‘lgani uchun genetik usuliar yordamida turli genlar joylash-
ish joyi, morfologiyasi o ‘rganilib ular asosida xromosoma xaritasi
tuzilgan.
2.
Poliploidiya.Endoreproduksiyaning boshqa k ocrinishida
po-
liploidiya1 bo‘linish dukining buzilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bun-
da xromosoma kondensatsiyalanadi. Bu jarayon endomitoz deyiladi,
chunki xromosomalarning kondensatsiyasi va o ‘zgarishi
yadroning
ichida yadro qobig‘i erimasdan sodir boMadi. Endomitoz boshida xro
mosomalar kondensatsiyalanadi va yadro ichida yaxshi ko‘rinadigan
bo‘lib qoladi. Bu bosqich oddiy mitozning profaza va metafazasi
singari o ‘tadi. Shundan so‘ng xromosomalar ko‘rinmaydigan holat-
ga kelib yadro oddiy interfaza ko‘rinishiga ega bo‘ladi, lekin hajmi
kattalashadi. Keyingi DNK replikatsiyasidan keyin endomitoz tak-
rorlanadi.
Natijada, poliploid (32n) va gigant yadrolar hosil bo'ladi.
Kartoshka tuganagi hujayralarida xromosomalar doim spirallashgan
holatda bo‘lib interfaza davri qisqarib ketgan.
Poliploid hujayralar hosil bo‘lishining yana bir usuli metafazada
bo‘linish dukining bo‘lmasligi natijasida hosil bo‘ladi. Bunda ham
ikkita xromosomalar to‘plamining qo‘shilishi kuzatiladi.
Poliploid somatik hujayralar hosil bo‘lishining boshqacha usu
li sutemizuvchilarda kuzatiladi. S davridan keyin 4s DNK ga ega
1
Gerald Karp. Cell and Molecular Biology. USA, 2013, «Wiley».286-288 p.
163
bo‘lgan hujayralar mitotik boMinadilar
va uning hamma fazalarlni
o'tadilar, lekin telofazadan keyin sitokinez roly bermaydi. Natijada
2 yadroli hujayra hosil boMadi (2n+2n). Bu hujayra yana bir marta S
davmi o ‘tishi natijasida ikkala yadro 4s DNK va 4 n xromosalarga
ega bo‘lib qoladi. Bunday hujayra mitozga kirib metafazada ikkala
yadrodagi hujayradagi xromosomalar qo‘shiladi (8n) va keyingi nor
mal bo‘iinishdan 2 ta tetraploid hujayra hosil bo‘ladi.
Shu usul bilan
jigar, buyrak, ko‘z setchatkasi, oshqozonosti bezida poliploid hujay
ralar hosil bo‘ladi.
Bu jarayonning biologik ahamiyati nimadan iborat? Shuni ayt-
ish kerakki, bu holat yuqori takkomillashgan, maxsus vazifalami
bajaruvchi hujayralarda uchraydi. Bunday hujayralar bo‘linishda
ishtirok etmaydi. Hasharotlardagi politen
xromosomalar hasharot-
ning metamorfozi natijasida lizislanadi. Endomitoz natijasida hosil
bo'lgan hujayralar mitoz yo‘li bilan ko ‘paya olmaydi, ular faqat ami-
toz yo‘li bilan ko‘payadi.
Somatik poliploidiyaning asosiy mohiyati hujayralar o'lcham ini
kattalashtirish orqali ular unumdorligini oshirishdan iborat.
Butunlay differensiatsiyaga uchragan hujayra bir vaqtning o ‘zida
ham o'zining k o‘payishi uchun kerak va to‘qimaning faoliyati uc-
hun kerak mahsulotlami sintezlay olmaydi. B a’zan bunday o ‘tishlar
organizm uchun zarar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, nerv hujayral-
ari bo‘linishi uchun ular bajarayotgan vazifasini o ‘chirib
turib keyin
bo‘linishga kirishi mumkin. Endoreproduktsiya hujayralarga asosiy
vazifasidan uzluksiz ravishda o‘z hajmini kattalashtirib ish maydo-
nini kengaytirishga yordam beradi. Poliploidiya natijasida vegetativ
va generativ a ’zolar o ‘sadi. Kartoshka tuganagining kattalashishi en-
domitozlangan hujayralar hajmining ortishi natijasida bo4ladi.
0 ‘simliklarda poliploidiya bitta turga
kiruvchi organizmlar xro-
mosomalarinig qo'shilishidan- avtopoliploidiya yoki chatishrirish
natijasida har xil turlarga kiruvchi organizmlar xromosomalarining
qo'shilishidan - allopoliploidiya xos bo‘lishi mumkin. Poliploidlar
orasida bitta xromosomasi kamj yoki ko‘p bo'lgan o‘simliklami uch-
ratish mumkin. Bu holat aneuploidiya deyiladi.