b. Endoplazmatik to‘m ing ikki xil ko‘rinishi
c.
Faol sintezlovchi hujayralar
5. Ovqat hazm qilish bezlarida ko‘p miqdorda ajraladigan
ferment
a. Laktaza
b. Polimeraza
c.
Gidrolitik fermentlar
6. Endoplazmatik to‘r tizimi yo ‘q bo‘lgan organizmlar
a. Prokariotlar
b. Eukariotlar
c. 0 ‘simliklar
7. Ilk Golji majmui qanday toqima hujayralarida aniqlan-
gan?
a. Epiteliy to ‘qima
b. Muskul to ‘qima
c. Nerv to ‘qima
8. Golji apparatida nechta zona ajratiladi?
a. 3 ta
b. 2ta
c. 5ta
9. Lizosomalar membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida
qachon va kim tomonidan topilgan?
a. 1955 yilda De Dyuv
b. 1964 yilda Gryu
c. 1831
yilda Braun
10. Morfologik jihatdan lizosomalarning nechta tipi farqla-
nadi?
a. 5 ta
b. 4 ta
c. 2 ta
160
MA’RUZA 9. ENDOREPRODUKSIYA
Reja:
1. Endoreproduksiya turlari.
2. Poliploidiya.
3. Aneuploidiya.
Tayanch iboralar.
Endoreproduksiya, politeniya, endomitoz
M ashgculotning maqsadi: talabalarga endoreproduksiya turlari:
politen
xromosomalar, endomitoz va o‘simliklarda uchraydigan po
liploidiya hodisasi haqida bilim berish.
M ashg‘ulot jihozlari: endomitoz bo‘linish bosqichlari tasvirlan-
gan jadval, drozofila so‘lak bezidagi politen xromosomalar aks etgan
slaydlar.
Bo‘linayotgan hujayralar m a’lum vaqt muzlatilsa yoki bo‘linish
duki mikronaychalarini buzuvchi modda (kolxitsin) ta’sir ettirilsa,
bo‘linish to‘xtaydi. BoMinish duki buzilib
xromosomalar qutblarga
tortilmasdan o‘zining siklini davom ettiradi: yo‘g ‘onlashib yadro
qobig‘i bilan o‘raladi. Natijada xromosomalari hech qayerga tarqa-
lmay o'zida qolgan yirik yadroli hujayralar vujudga keladi. Bunday
hujayra tarkibida DNK 4s ni xromosomalar 4
n ni tashkil etganligi
uchun u diploid emas tetraploid boMadi. Bunday hujayralar G1 bosq-
ichdan chiqib S bosqichga kirishlari va kolxitsinning ta’siri olib tash-
lansa yana mitotik yo‘l bilan bo'linishi va 4n ga ega bo‘lgan avlod
berishi mumkin. Bu usul seleksiyada poliploid
organizmlami olishda
ishlatiladi.
M a’lum bo‘lishicha tabiatda ham normal diploid organizmlarda
DNK miqdori bir necha karra ko‘p bo‘lgan yirik yadroli organizmlar
uchraydi. Bu hujayralar somatik poliploidiya mahsulotidir. Bu hodisa