Kurtaklanib
ko'payishda ona organizmida avval bo‘rtm a pay do
bocladi va key in u o ‘sib kurtakka aylanadi.
Fragmentasiyada
a w a l ona organizm ko‘p bo‘laklarga bo‘linib
ketadi va har qaysi bo‘iakdan keyin mustaqil organizm shakllanadi.
Bu hodisa ba’zi yassi chuvalchanglar va ignatanalilar uchun xosdir.
Spora orqali ko‘payishda
organizmlar sporadan rivojlanadi
va sporalarga faqat bitta organizm (ota yoki ona)ning
irsiy axboroti
boiadi.
Jinssiz ko‘payishda qiz organizm ona organizmning bitta hujayra-
sidan (2ga bo‘linish, shizogoniya, spora orqali) yoki
bir guruh hujay-
ralaridan paydo bo4ladi (vegetativ ko‘payish).
Vegetativ ko‘payish
o'sim liklar orasida keng tarqalgan. Hayvon-
larda jinssiz ko‘payish asosan sodda tuzilishga ega boMgan parazit-
lar orasida keng tarqalgan. Bu usul orqali
parazitlarning soni keskin
ko‘payadi va ular noqulay sharoitlami o‘tkazadi.
Evolyutsiya jarayonida dastlab jinssiz k o ‘payish paydo boMgan
boMib u organizmlaming asosiy guruh lari uchun xosdir. Jinsiy
ko'payish genetik o‘zgaruvchanlikni va avlodlaming morfo-fiziologik
xilma-xilligini ta ’minlaydi. Bu esa evolyutsion
va ekologik jihatdan
juda muhim va samaralidir.
Jinsiy ko‘payishning asosini jinsiy jarayon tashkil etadi. Bu jaray-
onda ota va ona organizmining gametalari (irsiy materiali) qo‘shilishi
va zigotani hosil bo‘lishidan boshlanadi. Jinsiy jarayonni infuzori-
yalardagi konyugatsiya jarayonida kuzatish mumkin.
Bunda ikkita
infuzoriya o ‘zaro vaqtinchalik kocprik bilan bog'lanadi va u orqali
irsiy axborot almashinadi. Bu jarayondan keyin irsiy jihatdan ota-ona
organizmidan farq qiluvchi organizmlar paydo bocladi. Konyugatsi-
yadan keyin infuzoriyalarning soni o'zgarmaydi
va shuning uchun
bu yyerda ko‘payish kuzatilmaydi. Keyin infuzoriyalar jinssiz y o‘l
bilan ko ‘payadi. Bundan tashqari sodda hayvonlarda kopulyatsiya (
qo£shilish) jarayoni ro‘y beradi va ikkita organizm qo‘shilib irsiy ax
borot almashinadi. Evolyutsiyaning keyingi bosqichlarida kupayish
jinsiy k o‘payish jarayon bilan bog‘lanadi.
Jinsiy ko'payish jarayonida ota-ona organizmlar jinsiy organlari-
da gaploid gametalami hosil qiladi va ulaming qocshilishidan diploid
zigota hosil bo‘lishi kuzatiladi. Zigotaning bo‘linib
rivojlanishidan
yangi organizm - embrion, murtak - hosil bo‘ladi.
158
1. Hujayraning to ‘g‘ri bo‘linishi yoki amitoz
2. Yadrochalar bo‘linishi.
3. Sodda organizmlarda
hujayra markazi
4. Erta prometafazada
N azorat savollari:
1. Hujayraning mitotik va hayotiy sikii nima?
2. Hujayraning interfaza davri va mitotik davri nima?
3. Hujayraning bo‘linish va o ‘sishini boshqaruvchi mexanizmi
haqida gapiring.
4. Mitozning biologik va genetik ahamiyati qanday?
5. Amitoz va uning xususiyatlari va mitozdan farqini ayting.
6. Meyoz davrlari va uning mohiyati haqida gapiring.
7. Xromosomalar konyugatsiyasi va krossingover jarayonlarining
ahamiyati qanday?
8. Sinaptonemal kompleksining roli qanday?
9. Meyozning biologik ahamiyati qanday?