Huquq tizimi tushunchasi va uning tuzilishi.
Huquq murakkab ijtimoiy vokelik bo’lib, ichki izchillik, bir butunlik, o’zaro alokadorlik va dialektik umumiylik xususiyatlariga ega. Huquq tizimini xuquq normalarining oddiy yigindisi sifatida tushunmaslir kerak.Xuquq normasini tashkil etuvchi elementlar muayyan ob'ektiv boglanishga, mantiqiy alokadorlikka ega.
XNlar jamiyat taraqqiyotidagi dialektik jarayonning maxsuli sifatida xayot talablaridan yelib chiqib o’zgarib turadi. Yuridik normalar nixoyatda xilma - xil va keng kulamdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishiga karamasdan, ular o’zaro mutanosiblik va ichki alokadorlik qonuniyatlari asosida birlashadilar.Bu o’zaro muvofiqlik va alokadorlikning jamiyat iqtisodiy tizimidan, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy xayot negizlarining yuirligidan kelibchiqadi. xuquqning bir butunligi, ob'ektiv xayotining aks etishi, maqsadga muvofiqligi, siyosiy yunalishi va ichki dialektikasi uning tizimida namoyon bo’ladi.
xuquq tizimi - ijtimoiy xayotning umumiy qonuniyatlari asosida shakllanadigan ob'ektiv xuquqiy xodisadir.Yoki - bu xuquqning ichki tizimidan iborta bo’lib, o’zaro o’zviy alokadorlikda va dialektik umumiylikda bo’lgan xuquq normalari, institutlari va soxalaridan tashkil topadi.
Huquq tizimining belgilariga quyidagilar kiradi:
uning birlamchi elementi sifatida xuquq normalari namoyon bo’lib o’z navbatida ular yanada keng tashkil etuvchilarga - xuquq institutlari va xuquq soxalariga birlashadilar;
elementlar bir biriga o’zaro qarshi bo’lmasdan, ichki o’zaro boglangan bo’lib, unga tukislik va birlikni baxsh etadi;
u ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, milliy, diniy, madaniy, tarixiy faktorlar bilan shartlangandir;
xuquq tizimi ob'ektiv xarakatga ega bo’lib, u ob'ektiv mavjud bo’lgan ijtimoiy munosabatlarga bog’liqdir (u shaxslarning sub'ektiv qarashlariga nisbatan tashkil etilmaydi).
Shunday qilib, xuquq tizimining tuzilishini quyidagi elementlar tashkil etadi: xuquqiy normalar; xuquq institutlari; xuquq soxalari;
Huquq tizimi jamiyatning iqtisodiy tuzilishida paydo bo’lib, u bilan bog’liq bo’lgan, uni mustahkamlaydiganhar bir davlatning ichki tuzilishi bo’lib, kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Huquq tizimi jamiyatning siyosiy, goyaviy, ma’rifiy va boshqa ijtimoiy belgilar bilan halkning huquqiy ongi, huquqiy madaniyatiga va davlatning huquq ijodkorlik faoliyatiga bo’lhdir.
Huquq tizimi jamiyatdagi barcha millat, sinf va halknin qonun darajasida kutarilgan erki-irodasi bo’lib, ular o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga huquq norialari, huquq institutlaridan va huquq sohalaridan iborat bo’lib u obyektiv harakterga ega.
Huquq normalari bu huquq tiziminig eng asosiy , dastlabki tuzilishidir. Huquq normalari jamiyatning iqtisodiy tuzilishi bilan belgilanadigan barcha kishilari uchun majburiy bo’lgan, ijtimoiy iunosabatlarni tartibga soluvchi turmush qoidalaridir. Masalan; O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining har bir moddasi huquqiy norma bo’lib, bular barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansador shahslar va fuqarolar uchun amal q’ilish majburiy bo’lgan normalardir.. Huquq normalari barcha aholi uchun umumiy va majburiydir. Bular doimiy qo’llaniladigan bo’lib, unda kishilar uchun bajarish shartlari, sub’yektlar o’rtasidagi taribga solinadiagan ijtimoiy munosabatlar, taraflarnig huquq va burchlari huquqbuzarliklar uchun jazo choralari belgilanadi.
|