Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
davrlar mobaynida tabiiy ravishda ikki yoki undan ortiq ilmiy fanlar bo‘yicha o‘quv
materiallarining mazmunidan kelib chiqqan aloqalarni ko‘rib chiqadi. Ikkinchi
yo‘nalish,
integratsiyalashuv jarayoni uchun asos bo‘lib, birorta texnika
yo‘nalishidagi institutlar fanlari chegarasiga mutlaqo mos kelmaydigan ma’lum bir
ma’lumot va ko‘nikmalar to‘plamini tanlashdan iborat.
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni
qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti tinglovchilari turli xil fanlarni o‘rganishlarida tizimli
bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari zarur. Umumkasbiy va mutaxassislik
fanlarining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar turli xil bo‘lib, ular orasidagi
elementlarning tarkibiga bog‘liq. Ta’lim intizomining turli tarkibiy qismlari o‘rtasida
aniqlangan faktlar,
hodisalar, tushunchalar, toifalar, qoidalar,
formulalar, sxemalar
orqali fanlar o‘rtasida o‘rnatilgan ko‘plab ulanishlarni aniqlab olish mumkin. Ushbu
aloqalar ilmiy mavzudagi «informativ» yoki informatsion tomonlari o‘rtasida paydo
bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir fan turli xil tarkibiy qismlarga ega:
fan tili, tadqiqot
usullari, nazariya, qo‘llaniladigan qism, mashq va fanning muayyan tuzilishini tashkil
etuvchi vazifalar.
O‘zaro aloqalar integratsiyalashuvi jarayoni mustaqil bilimlar sohasidagi
umumiy va nazariy tushunchalarni shakllantirish yoki amaliy muammolarni hal qilish
usullari natijasida yuzaga keladi. Shunday qilib, bilimlarni birlashtirish yangi nazariy
va amaliy natijalarni amalga oshishi va mutaxassislarni
tayyorlash darajasini
oshirishga yordam beradi.
M.J.Turdiyeva fikricha ta’lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar
asosida tashkil etish nazarda tutilar ekan, bunda integratsiyaning turli darajalaridan
foydalanish maqsadga muvofiq. Jumladan:
1. Mavzularni ketma-ket taqdim
etish asosida integratsiya, bunda o‘quv
materiallarini bayon qilishda konsentrizm prinsipiga amal qilinadi. Ya’ni oldingi
o‘quv materiali keyingisini to‘ldiradi. Lekin hech qachon bir-birini takrorlamaydi.
Bunday integrativ yondashuv natijasida tinglovchining bilim, ko‘nikma va malakalari
hamda ijodiy faoliyatlari muntazam ravishda rivojlanib, boyib boradi.
2. O‘quv dasturlarida o‘zaro uyg‘unlashgan nuqtalarni vujudga keltirishga
asoslangan integratsiya; bunda ham takror tarzda beriladigan
tavtalogiya asosidagi
o‘quv materiallarining oldini olish uchun dasturlarda mavzulararo uyg‘unlikni
ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Buning afzalligi shundaki, tinglovchining vaqti va
kuchi tejaladi, darsliklarning hajmi ixchamlashadi va tannarxi arzonlashadi [2].
3. Modullashgan integratsiya: bunday integratsiya doirasida turdosh o‘quv
fanlariga oid bilim va tushunchalar bir tizimga solingan holda, uzviy tarzda
tinglovchilarga taqdim etiladi.