Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
Qadim zamonlardan beri mustaqil (masalan, tabiat, jamiyat, insoniy fikrlash
faoliyati) va turli sohalardagi bilimlarning rivojlanishida susayishlar kuzatildi.
XX asrning oxiriga kelib, fanlar integratsiyasi jarayoni
boshlanishi farqlash
bilan bog‘liq ravishda hukmronlik qilishga imkon berdi. Ilgari yangi ilmlar bilimlarni
ajratish hisobiga paydo bo‘lgan bo‘lsa, endi ular o‘zaro ta’sirlar, bilimlar
integratsiyasi tufayli qayta paydo bo‘lishga kirishdilar (biogeokimyo,
biofizika,
mikroelektronika, plazmokimyo va boshqalar). Ular asosiy fanlar (matematika, fizika,
biologiya, falsafa va boshqalar)ning amaliy tadqiqotlar sohasiga yanada chuqur kirib
borishi bilan mavjud bo‘ldi.
Bugungi kunga kelib jahondagi mamlakatlarning 70 foizi ta’lim tizimida
integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklaridan foydalanib kelmoqda.
Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy etilgan. Niderlandiyada
alohida o‘quv predmetlari, Irlandiyada fan va texnika bloklarida barcha o‘quv fanlari
mujassamlashtirilgan. Avstraliyada integratsiyalashgan fanlar,
Yaponiya, Shimoliy
Irlandiya, Uels, Gong-Long, Germaniyada integratsiya alohida fan sifatida o‘qitiladi.
Koreya va Shvetsariyada integratsiyalashgan fanlar yoki predmetlar alohida o‘qitiladi.
O‘zbekistonda hozirda bu sohada dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda.
Ta’lim integratsiyasidan foydalanish
natijasida pedagogik, psixologik jihatdan
ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit vujudga keladi;
umumdidaktik
talablar uzviylikda bajariladi; o‘quvchining vaqti, kuchi tejaladi;
ortiqcha ruhiy va jismoniy zo‘riqishlarning oldi olinadi, ta’lim samaradorligi oshadi.
O‘quvchilar zarur ko‘nikma
va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni o‘quv
predmetlari mazmunini uyg‘unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur
o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladilar.
O‘qitish jarayoni mazmunini integratsiyalash - o‘quvchi shaxsini rivojlantirish
va o‘zini o‘zi rivojlantirishga yo‘naltirilgan olam haqidagi
yaxlit tushunchalarni
shakllantirish maqsadida ta’limning ma’lum tizimi doirasida mazmunning tuzilmaviy
komponentlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatish jarayonidir.
J.B.Ergashev fikriga ko‘ra integratsiya - tizimning, bir butun organizmning bir-
biridan farq qiluvchi alohida bo‘laklarining o‘zaro bog‘langanligini
anglatuvchi
hamda xuddi shu holatni keltirib chiqaruvchi jarayon.
N.M.Ahmedovaning tavsifi bo‘yicha integratsiya - o‘zaro bog‘langan holda
rivojlantirish, bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga keltirmoq ekani ta’kidlanadi.
Integratsiya turli xil qism va elementlarni bir butunlikka birlashtirish jarayoni.
Integratsiya jarayonlari tashkillashtirilgan tizimlarda bo‘lishi mumkin - bu holda ular
tizim butunlik darajasini va tashkillashtirilgan darajasini ko‘taradi.