Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, fanlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik
va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi
hamda chuqurlashtiruvchi,
o‘quv fanlari mazmunini eng kamida DTSlari darajasida sintezlab, mantiqan
tugallangan mazmun, shaklning oliy darajasi. Chunki predmetlararo aloqadorlikning
har
qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv fanlari doirasida ma’lum didaktik
birliklar
orasida
o‘rnatilib,
ularni
o‘rganish
mazmuni
va
muddatlarini
muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi. Bundan farqli o‘laroq, integrativ aloqadorlik
asosida tashkil etilgan o‘quv fani yoki integratsiyalab o‘rganilayotgan fan, hodisa
yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama
aloqadorlik va munosabatlar
nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi.
Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr
yurituvchi va ijodiy
faoliyat ko‘rsatuvchi,
malakali
mutaxassis
shaxsini
shakllantirishga imkon beradi. Chunki u taxsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va
sintezlash operatsiyalarini talab qilish
bilan chegaralanib qolmasdan, balki
mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash,
shartli belgilar yordamida
ifodalash,
sabab-oqibatli
aloqadorlikni
aniqlash,
tahlil
etish,
sintezlash,
tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini
talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan obyektning barcha muhim jihat va
xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab yetish va
ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham
uning ikkinchi tomoni bo‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga
tayangan holda,
rivojlanib boradi yoki aksincha[10, 48-52].
Integratsion ta’lim yo‘nalishlarining muayyan aspektlarini tahlil qilishda
M.N.Berulava,
M.Pak,
N.Y.Borisova,
K.Y.Kolesina,
R.Z.Mustafina,
D.T.Mugallimova, S.I.Yakimenko va boshqalarning ishlaridan foydalanildi.
M.N.Berulavaning tadqiqotida integratsion ta’lim pedagogik hodisa sifatida
qaraladi. U bugungi kunda integratsiya muammosiga ikki xil mazmunli va jarayonli
yondashuv mavjudligini ko‘rsatib, ikkinchisiga nisbatan e’tibor qaratadi.
M.N.Berulavaning fikriga ko‘ra, integratsiya - bu ta’lim vositalari,
shartlari va
metodlarini qo‘llash jarayonidir, integratsiyaning ma’lum bir natijalari ta’lim
oluvchilar bilimlarini sintez qilish natijasida ko‘rinadi[3, 48-49].
Psixologik-pedagogik
adabiyotlarda
pedagogik
jarayonda
integratsiya
tushunchasiga turli yondashuvlar ishlab chiqilgan. K.Y. Kolesina integratsion
yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil qilish natijaviylik va ishonchlilikning
oshishini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydi. U integratsiyaning
umumdidaktik jihatlarini
ta’lim jarayoni mazmunining moddiy va ma’naviy jihatlari sifatida ko‘rib chiqadi.