Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
K.Y.Kolesinaning tadqiqotlarida, mazmunni yangilovchi integratsion jarayonlar
didaktik tamoyilga (ta’limda integratsiya tamoyiliga) o‘tadi. Yanada to‘liqroq
tahlil
mazmunni
integratsiyalashning
texnologik
jihatlarini
(fanlararo
ta’limiy
topshiriqlarni o‘zaro taqsimlash) batafsil tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
K.Y.Kolesinaning tadqiqotlarida ushbu muammoning psixologik jihati tahlil
qilinadi[7, 18].
Ta’lim
integratsiyasiga
umumiy
yondashuvni
talablarning
individual
xususiyatlari bo‘yicha ko‘rib chiqadi[6,
51].
O‘quv fanlarini bir fanga
integratsiyalash uchun: tadqiqot obyektlari bir xil yoki bir biriga yaqin bo‘lishi kerak;
integratsiyalanayotgan o‘quv fanlarida bir xil yoki o‘xshash
tadqiqot metodlaridan
foydalaniladi; integratsiyalanayotgan o‘quv fanlari umumiy qonunlar, umumiy
nazariy tamoyillar asosida quriladi.
A.A.Pinskining tadqiqotlarida o‘quv fanlarini integratsiyalash ta’lim
jarayoni
samaradorligini oshirishni ta’minlovchi didaktik sharoitlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
Uning fikriga ko‘ra, ta’limning asosiy tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ta ’lim
metodlari ham o‘quv fanlari integratsiyasining yetakchi yo‘nalishlarini belgilaydi.
Integratsiya talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish deganda, bir nechta
o‘quv fanlarining yanada chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlash (uning
mustaqilligini
saqlash bilan birga), mustahkamlash, o‘zaro boyitish, tinglovchilarning
evristik va
bilish imkoniyatlarini kengaytirish; intellektual qobiliyatlarini oshirish va o‘qitish
samaradorligini rag‘batlantirish tushuniladi.
Integratsiya talablari asosida ta’lim jarayonini tashkil etish ta’lim mazmuni,
shakllari, bilim va ko‘nikmalar sintezini tashkil qilish jarayoni sifatida talqin qilish
ba’zi bir muhim xususiyatlarni aniqlashga olib keladi.
1. Xilma xillik. Bu xususiyat integratsiyalashgan ta’lim joriy etilgan ko‘plab
o‘quv
predmetlari, shuningdek, o‘quv jarayonini ilmiy tashkil qilish va turli ta’lim
shakllarini qo‘llashni nazarda tutadi.
2. Ichki differensiya. Integratsiya bo‘ysunish turiga ko‘ra, mustaqillik, o‘z
konseptual asoslarini saqlab qoladi.
3. Umumiylik. Integratsiyalashgan ta’limni umumlashtirilishi
fanlar tarkibini
birlashtirilishi va yagona jadvalga integratsiyalashgan fanlar mavjudligi bilan
ta’minlanadi.
4. Ko‘p funksiyalilik. Integratsiyalashgan ta’limning ushbu xususiyati bir necha
funksiyalarni bajarishni nazarda tutadi, bular ta’limni tashkil etishni optimallashtirish,
grafika bilimlarni o‘rganish dolzarbligini ta’minlashdir.
Shunday qilib, ushbu sohada ishlayotgan turli ta’lim muassasalarining tajribasi,
adabiyotlar tahlili, oliy ta’limda integratsiyalashgan ta’limni tashkil etishning ayrim