Oriental Renaissance: Innovative




Download 337,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana12.06.2024
Hajmi337,78 Kb.
#263038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oriens Yuldasheva Djalalov

816


Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
A.I.Avazboyev va Y.U.Ismadiyarovlar ta’rificha integratsiya - u yoki bu 
fanning ularni unifikatsiyalar va majmualashtirishga olib keladigan tarkibiy 
qismlarning yagona dunyoqarash mantiqiy-metodologik o‘zaro ta’siri jarayoni. Fan- 
texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida, integratsiya jarayoni differensatsiya 
jarayoniga nisbatan ustunlik qilmoqda. Ilmiy bilimlar differensatsiyasi fan, texnika 
taraqqiyotida ma’lum ahamiyatga ega, ammo u hal qiluvchi ahamiyat kasb etmaydi. 
Bu vazifani ilmiy bilimlar integratsiyasi jarayoni bajaradi.
Ta’lim tizimiga tatbiq etilganidek, “integratsiya” konsepsiya sifatida ikki xil 
ma’noga ega: birinchi navbatda, u tinglovchilar atrofidagi dunyoning yaxlit 
ko‘rinishini hosil qiladi (bu yerda integratsiya ta’limning maqsadi deb hisoblanadi), 
ikkinchidan, u mavzu bilimlarining yaqinlashishi uchun umumiy platformani topadi 
(bu 
yerda 
integratsiya 
-
o‘rganish 
vositasi). 
Amalda 
bilimlarning 
integratsiyalashuvidan maqsadga yo‘naltirilmagan holda foydalanish ko‘proq 
darajada amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, 
umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘qiyotgan tinglovchilar matematika, fizika va 
informatika fanlarini o‘rganishda bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llashda 
qiyinchiliklarga duch keladi. Ularda mustaqil fikrlash, olgan bilimlarini o‘xshash 
bo‘lgan masalalarga tatbiq etish yoki boshqa holatlarga o‘tkazish qobiliyati kabilar 
shakllanmagan bo‘ladi.
R.V.Salomova fanlarni integratsiyalashgan holda o‘qitish ularning tutash 
mavzularini bir vaqtda va bir-biriga bog‘liq holda o‘rganish imkoniyatini yaratadi 
deb hisoblaydi. Integratsiyalash fanlarni o‘qitishning yangicha yondashuvidir. 
Bunday darslar turli fanlarning o‘quv materiallari bir-birini to‘ldirishi hisobiga vaqtni 
tejash imkoniyatini beradi. Integratsiyaning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
- darslar boshqa fanlardagi mavzularga bog‘lab o‘tkaziladi;
- darslar ijodiy laboratoriya ishlari ko‘rinishida olib boriladi;
- darslar elektron axborot ta’lim resurslari bilan to‘ldiriladi.
Malaka oshirish jarayonida integratsiya ma’lum fan doirasida va fanlararo bo‘lib 
(1-rasmga qarang), uni o‘quv mashg‘ulotlarida amalga oshirish integrativ yondashuv 
jarayoni bo‘lib xizmat qilishini ta’kidlab o‘tamiz.

Download 337,78 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 337,78 Kb.
Pdf ko'rish