Oriental Renaissance: Innovative




Download 337,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana12.06.2024
Hajmi337,78 Kb.
#263038
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oriens Yuldasheva Djalalov

819


Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784
www.oriens.uz
3(11), November, 2023
4. Integrativ dasturlar: ushbu tipdagi dasturlar bir necha o‘quv predmeti yoki 
o‘quv fanlariga oid mavzularni uyg‘unlashtirilgan holda taqdim etishni nazarda tutadi. 
Bugungi kunda o‘quv rejasida o‘quv predmetlarining soni maksimum ko‘payib 
ketganligini inobatga olsak, bunday tipdagi dasturlarni yaratishga kuchli ehtiyoj 
sezilmoqda.
5. Mavzulararo integratsiya: bunda ayni bir kurs doirasida beriladigan o‘quv 
materiallari boshqa bir kurs doirasidagi mohiyatan yaqin bo‘lgan o‘quv materiallari 
bilan integratsiyalashtiriladi.
Dunyoda son-sanoqsiz aloqalar mavjud bo‘lib, har bir bog‘liqlik boshqalariga 
zarar keltirmasligi zarur. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘p fanlarning dasturlarida, 
bir xil hodisalarni o‘rganishga bag‘ishlangan mavzular va muammolar bir-biriga 
o‘xshash bir necha “nuqtalar” mavjud. Bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy 
kompetentligini rivojlantirish uchun matematik va tabiiy-ilmiy fanlarni umumkasbiy 
va mutaxassislik fanlari bilan integratsiyasi asosida, o‘qituvchi va tinglovchilarning 
faoliyatini tashkil etishni hisobga olib, tegishli ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish 
lozim.
Har bir guruh tinglovchilarida xotiralar, hislar, chalg‘ishlarga e’tibor qaratishlar 
bo‘lishi tabiiy holdir. Ulardan ba’zilari o‘qituvchining tushuntirish sur’atidan 
qoniqishadi, lekin ba’zilari uchun u juda tezdir. Jadvalda ishlatiladigan ma’lumotlar 
kimgadir aniq ko‘rinadi, boshqalari esa uzoq tushuntirishlardan so‘nggina buni qabul 
qiladi. Tinglovchilarning mustaqil ilmiy izlanishlari ularning imkoniyatlarini biroz 
tenglashtiradi, chunki har bir kishi o‘zi muammoni hal qilish usulini tanlaydi. 
O‘qituvchi dars mashg‘ulotlarida vazifalar, uslublar, vazifani hal qilish uchun mos 
keladigan usullarni va vositalarni tanlashi kerak bo‘ladi.
Ta’limning mazmuni shaxsning faoliyatida oqilona tashkil etilishi lozim, ya’ni u 
muayyan shakllarda taqdim etiladi. Ta’limga nisbatan “shakl” tushunchasi ta’lim 
berish usuli va ta’limni tashkil qilish sifatida ikki xil holatda qo‘llaniladi. O‘quv 
shakllari tinglovchilar tarkibi o‘zgarishi bilan individual, guruhli shuningdek, jamoa 
va juftlikka ajratiladi. O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari muayyan turdagi 
sinflarni - ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, ixtiyoriy mashg‘ulotlarni tashkil 
etadi. Ular maqsadlar, mazmunlar, usullar, o‘quv qo‘llanmalarni, o‘qituvchi va 
tinglovchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘z ichiga oladi, chunki ular 
birlashtiruvchi rol hisoblanadi.
Ushbu ta’lim shakllari doirasida tinglovchilarning jamoa, guruh, individual 
ishlarini tashkil etish mumkin. Ta’limning umumiy va maxsus shakllarini birlashtirib, 
ta’lim tizimlarining turli ma’ruza-seminar, masofa va boshqa shakllari olinadi.

Download 337,78 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 337,78 Kb.
Pdf ko'rish