• MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • Oriental Renaissance: Innovative




    Download 337,78 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/15
    Sana12.06.2024
    Hajmi337,78 Kb.
    #263038
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Oriens Yuldasheva Djalalov

    811


    Oriental Renaissance: Innovative,
    educational, natural and social sciences
    SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
    (E)ISSN:2181-1784
    www.oriens.uz
    3(11), November, 2023
    boshlash, to‘ldirish. 1. Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni 
    qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha. 2. Fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro 
    bog‘lanish jarayoni. 3. Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtsodiyotini o‘zaro 
    muvofiqlashtirish va birlashtirish», «Integral (lot. integer - bir butun, buzilmagan, 
    qayta tiklangan) - mat. Oliy matematikada cheksiz kichik sonlar yig‘indisi sifatida 
    qaraladigan butun miqdor. Integrallash - mat. berilgan funksiyaning, matematik 
    ifodaning integralini topish, aniqlash»[8, 557].
    O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida qayd etilishicha, «Integral [lot, integer- 
    butun] - matematik analiz (tahlil) ning asosiy tushunchalaridan biri. Integrallash- 
    matematikada aniqmas integralni izlash amali. Integratsiya (lot. Integration - tiklash
    to‘ldirish, integer-butun so‘zidan), fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro aloqa jarayoni, 
    differensiasiya bilan birga kechadi»[9, 55].
    «Macmillan English Dictionary for Advanced Learners» lug‘atida esa 
    quyidagicha izohni uchratish mumkin: Integral (integral) - 1. To‘liq bo‘lishi uchun 
    biror bir qismni yaxlitlash; Integratsiyalash (Integrate) - 2. Ikki yoki undan oshiq 
    narsalarni to‘liq tizim yoki bo‘lak bo‘lishi uchun birlashtirish. Integratsiya 
    (Integration)-narsalarni, odamlarni yoki turli xil fikrlarni bitta qilib jamlash, jamlab 
    olmoq[5, 1692].
    MUHOKAMA VA NATIJALAR
    “Pedagogik 
    integratsiya” 
    termini-tushunchasi, 
    olimlarning 
    fikricha, 
    integratsiyaning muayyan ko‘rinishlarini tushuntirish, prognozlash va ularni 
    pedagogika predmetliligi doirasida uning vazifalariga muvofiq tarzda boshqarishni 
    nazarda tutadi. V.S.Bezrukova bu qoidani tasdiqlab, uni ilmiy integratsiyaning 
    pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladigan turi sifatida 
    ta’riflaydi[5, 25].
    Fanda "integratsiya" tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan 
    qo‘llanilishiga qaramay, unga davr taqozosiga ko‘ra, yaqin paytlargacha yetarli 
    ahamiyat berilgan emas.
    Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda, integratsiyaning asosini olamning 
    yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, 
    munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologi G.S. Kostyukning fikricha: 
    "Tabaqalanish differensiatsiya — ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni 
    ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya — tartibga keltirish, subordinatsiya va uning 
    natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li 
    bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi 
    tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil 
    qilinadi[1, 17].

    Download 337,78 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 337,78 Kb.
    Pdf ko'rish