|
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|
bet | 178/241 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 4,83 Mb. | | #145433 |
Bog'liq UMK FQB amaliyotMavzu: Boyitish sxemalari
Reja
1.Gravitatsiya usulida boyitish sxemalarini tanlashni o‘rganish
2.Flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemalarini tanlash
3.Monometall rudalarni prinsipial flotatsion sxemasi
Gravitatsiya usulida boyitish sxemalarini tanlashni o‘rganish
Gravitatsiya usulida asosan qalayli, volframli, kamyob metalli, oltinli va boshqa zichligi og‘ir rudalarni boyitiladi. Gravitatsiya usulida boyitishda qalayli rudalarni ko‘rib chiqaylik. Qalayli tub konlar rudalari va qumlari faqat gravitatsiya usullari cho‘ktirish, kontsentratsion stolda, og‘ir suspenziyalar, shlyuzlarda va vintli separatorlarda boyitiladi. Qalay saqlovchi sochma konlar rudalari nisbatan sodda gravitatsiya sxemalari bo‘yicha boyitiladi. Bunday sxemalar odatda qumlarni dezintegratsiyalash va yuvish hamda ularni cho‘ktirish mshinalari, kontsentratsion stol va vintli separatorlarda boyitishni o‘z ichiga oladi. Birlamchi boyitish cho‘ktirish mashinalarida amalga oshirilib, homaki boyitma olinadi va uni qayta tozalash konsentratsion stollarda bajariladi. Qalayli tub konlar rudalari murakkabroq sxema bo‘yicha boyitiladi(jadvalda keltirilgan). Ikki bosqichda maydalangan ruda elash orqali uchta sinfga ajratiladi. Yirik sinflar (II va III) cho‘ktirish mashinasiga tushadi va boyitma oraliq mahsulot va tashlab yuboriladigan chiqindi olinadi. Mayda sinf (I) gidravlik klassifikatsiyaga tushadi. Oraliq mahsulotlar o‘simtalar yuzasini ochish uchun qayta yanchiladi va ular ham gidravlik klassifikatsiyaga tushadi. Gidravlik klassifikatsiyaning har qaysi sinfi alohida-alohida konsentratsion stollarda boyitiladi. Konsentratsion stollarning oraliq maxsulotlari tozalanadi. Barcha stollar tayyor maxsulot (boyitma) va chiqindi beradi. Tozalash stollarining chiqindilari qayta yanchishdan so‘ng avtomatik konsentratsion shlyuzlarga tushadi va ular ham tayyor boyitma va shlamlarni beradi. Shlamlar otvalga jo‘natiladi yoki qaytadan boyitiladi. Bunday sxemalar bo‘yicha olinadigan qalayli boyitmalar ular tarkibidagi qalayning miqdorini oshirish uchun qayta tozalanadi. Qalayli boyitmalarni qayta tozalash usullari ularning moddiy va granulometrik tarkibi bilan aniqlanadi. Qayta tozalashda boyitmadan zararli qo‘shimchalar chetlashtiriladi, natijada qalayning miqdori belgilangan chegaragacha ko‘tariladi.
Flotatsiya usulida boyitishning texnologik sxemalarini tanlash
Foydali qazilmalarni flotatsiyalash jarayonida turli - tuman texnologik sxemalar qo‘llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahg‘ulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq. Ko‘p hollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi.
Shuning uchun, flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashkil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi.
Asosiy flotatsiya – flotatsion boyitishning birinchi operatsiyasi hisoblanib, qimmatbaho komponentni puch tog‘jinslaridan ajratish maqsadida o‘tkaziladi. Natijada homaki boyitma va chiqindi olinadi.
Tozalash flotatsiyasi – o‘zidan oldingi operatsiyalarda olingan homaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi.
Nazorat flotatsiyasi – asosiy flotatsiya natijasida olingan chiqindi tarkibidagi qimmatbaho komponentni yana bir bor ajratib olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya.
Flotatsion sxemalar – flotatsiya bosqichi va sikllarining soni bilan bir–biridan farqqiladi. Flotatsiya bosqichi deb- mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalash operatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaning bir qismiga aytiladi.
Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi.
Flotatsiya sikli deb-qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor mahsulotlar olinadigan flotatsiya operatsiyalarining guruhiga aytiladi.
Qimmatbaho komponentlarning ajralish ketma–ketligiga qarab, polimetal rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalari mavjud bo‘ladi. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral (masalan, mis va nikel sulfidlari, mis-molibden, qo‘rg‘oshin–ruh) ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi. Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi. Kollektiv-selektiv flotatsiyada hamma qimmatbaho komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi.Bir bosqichli flotatsiya sxemalari buyicha sheelitli, flyuoritli, baritli, spodumenli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitish sxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha buladi.
Monometall rudalarni prinsipial flotatsion sxemasi
Flotatsiya sxemalari flotatsiya bosqichlarining soni va boyitish sikllari, homaki boyitmani bir nechta tozalash flotatsiyasini qo‘llab kondentsion boyitma olish, chiqindini nazorat flotatsiyalashning aloxida sikllari, shuningdek yarim mahsulotlarni flotatsiya sikliga qayta yuborish bilan bir biridan ajralib turadi.
Prinsipial sxema deganda shunday sxemaga aytiladiki faqat flotatsion bosqich va boyitish sikli bo‘lib, dastlabki va oxirgi mahsulotlar xar qaysi bosqichda ko‘rsatilgan bo‘ladi. Flotatsion sxemalar bir bosqichli, ikki bosqichli va ko‘pbosqichli sxemalarga bo‘linadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
I. A. Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi angren kon metallurgiya texnikumi foydali qazilmaqlarni boyitish ishlari o
|