18-mavzu: Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. Sirtlarni tahrirlash
Reja:
Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish.
Sirtlarni tahrirlash
Tayanch so`z va iboralar: edgesurf, ketma-ket, tomon, chiziq, splayn, poliliniya, yoy, kesma, elliptik yoy, to‘rt qirra, fazoviy, shakl, tahrirlash, массив, зеркало, поворот tayanch o‘qlar, aylana (krug) buyrug‘i, многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi, отрезок tugmasi, поверхность Кунса tugmasi, to‘rt qirraga орбита tugmasi
edgesurf (П-Кунса). Berilgan to‘rtta tomonni ketma-ket ko‘rsatish orqali sirt hosil qilinadi. Tomon chiziqlari splayn, poliliniya, yoy, kesma va elliptik yoy bo‘lishi va ular uchlari bilan uchrashgan (kesishgan) bo‘lishi kerak. Sirtni tashkil qiluvchilari M va N yo‘nalishlar bo‘yicha bikubik egri chiziqlardan, ya’ni to‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan (54-rasm).
Tomonlarning chiziqlari fazoviy bo‘lmaganda hosil qilingan shakl fazoviy bo‘lib ko‘rinsada, undagi barcha to‘r nuqtalari tekislikda joylashgan bo‘ldi. Bunga shaklni orbita atrofida aylantirganda iqror bo‘lish mumkin.
2
1
3
4
splayn
splayn
kesma
N
М
to’rt tomonni ko’rsatish
natija
54-rasm.
19-mavzu: Sirtlarni tahrirlash
Sirtlarni tahrirlash uchun imkoniyatlar cheklangan. Tahrirlash uchun quyidagi buyruqlar majud:
3M массив – bir sirtni uch yo‘nalish bo‘yicha ko‘paytirish yoki biror o‘q atrofida aylantirib ko‘paytirish;
3M зеркало – sirtning aksini biror o‘qqa nisbatan qurish;
3M поворот – tayanch nuqtasi yoki tayanch o‘qlar atrofida sirtni biror burchakka burash.
Ma’lumki sirtlar to‘r shaklida quriladi va har bir to‘rning koordinatalari mavjud. To‘r koordinatalarining qiymatini o‘zgartirish orqali sirt ham o‘zgartiriladi.
Misol. Rasmda ko‘rsatilgan giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin.
Gipar uchlarining koordinatalari aniq bo‘lmagani uchun avval bitta giparni tekislikdagi proyeksiyasini chizib olish kerak.
aylana (krug) buyrug‘i yordamida aylana markazi sichqoncha bilan ekranda ko‘rsatilib va radiusi klaviaturadan 25 raqami kiritilib chiziladi.
- многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi yordamida aylana atrofiga tomonlar soni 4 ga teng bo‘lgan ikkita aylana chiziladi (55-rasm,a)
- отрезок tugmasi yordamida aylana markazini D va B nuqtalar bilan tutashtiruvchi chiziqlar chizib olinadi (55-rasm,b). So‘ngra Delete tugmasi va bilan keraksiz chiziqlar belgilanib yo‘q qilinadi. - отрезать tugmasi bilan esa otriqcha chiziqlar qirqib tashlanadi ya’ni chizmada faqat giparga taalluqli bo‘lgan chiziqlar qoldiriladi (55-rasm,v). Bu chiziqlar bir tekislikda yotadi ya’ni.
a) b) v)
55-rasm
|