• Bionformatika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi Molekulyar genetika Biotexnologiya Biokimyo Genomika Molekulyar genetika
  • Qo‘llaniladigan eng muhim sohalari




    Download 195.64 Kb.
    bet5/12
    Sana10.11.2022
    Hajmi195.64 Kb.
    #29770
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi
    Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, Genetik materialning o’zgaruvchanligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar
    Qo‘llaniladigan eng muhim sohalari
    Ayni vaqtda bioinformatika biologiyaning juda ko‘p sohalarida qo‘llaniladi. Shulardan biri evolutsion biologiyadir. Evolutsion biologiya turlarning kelib chiqishi hamda uzoq vaqt mobaynida qanday shakllanishini tadqiq etadi. Bioinformatika quyidagi yo‘nalishlarda evolutsion biologlarga yordam beradi:

    • Ko‘pgina organizmlar (tur sonining ahamiyati yo‘q) DNK sidagi o‘zgarishlarni o‘rgangan holda ularni evolutsiya jarayonini o‘rganishda;

    • Butun boshli genomlarni solishtirishda (BLAST yordamida); bu esa evolutsion jarayonlarni yaxlit holatda o‘rganish imkonini beradi.

    • Populyatsiyalarning kompyuter modelini ishlab chiqishda; bu uzoq vaqt davomida ushbu biologik tizimdagi o‘zgarishlar va o‘ziga xoslik jarayonini o‘rganish imkonini beradi.

    • Juda ko‘p turlar haqidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan maqolalarning yaratilishida.



    Bionformatika fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi
    Molekulyar genetika
    Biotexnologiya
    Biokimyo
    Genomika
    Molekulyar genetika
    Molekulyar genetika - molekulyar biologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri, irsiy axborot strukturasi va funksiyasini, uning yuzaga chiqishi mexanizmlarini o‘rganadigan fan. Molekulyar genetikaning rivojlanishi 1928 yilda F. Griffit tomonidan bakteriyalarda transformatsiya hodisasini kashf etilishidan boshlanadi.
    Eyveri va shogirdlari (1944) transformatsiya asosida hujayraga yot DNK (dezoksiribo-nuklein kislota) kirib irsiy axborotni o‘zgartirishiini aniqlashdi. Keyinchalik transduksiya (bakteriofaglar orqali bir hujayradan ikkinchisiga DNK qismlarining ko‘chirib o‘tkazilishi) hodisasining kashf etilishi irsiy moddaning moddiy asosi nuklein kislotasi ekanligini uzil-kesil tasdikladi.
    Bidl va Teytum (1948) tomonidan "bir gen — bir ferment" gipotezasining yaratilishi genetikani biokimyo bilan bog‘likligini ko‘rsatdi. Bu kashfiyotlar nuklein kislotalarni o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarning keng rivojlanishiga sabab bo‘ldi. M. Uilkins va R. Franklin (1950—52) DNK molekulasining rentgenogrammasini olishdi. E. Chargaff (1947—50) DNKdagi azotli asoslarning komplementarligi prinsipini aniqlashdi. Bu tadqiqotlar D. Uotson va F. Krik (1953) tomonidan DNK molekulasi qo‘sh spiral modelining yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Bu modelga asosan DNK 2 polinukleotid zanjiridan iborat.
    Zanjirda DNK molekulalari komplementar azot asoslarining vodorod bog‘lari orqali o‘zaro birikadi. DNK modelining yaratilishi tufayli DNKning matritsa prin-sipi asosida reduplikatsiyasi, genetik kodning va irsiy axborotning ko‘chirilishi (transkripsiya)ning , mutatsiya mexanizmlari va DNK mutatsiyalarining qayta tiklanishi (reparatsiya) mexanizmlarini oldindan bashorat qilish mumkin bo‘ldi.
    Bu kashfiyotlar gen nazariyasining yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Keyinchalik irsiy axborot yuzaga chiqishining yangi mexanizmlari va genlar faoliyatining idora qilinishi ko‘rsatib berildi; genlarning ekzonintron tuzilishi, splaysing , protsessing jarayonlari, mobil genlar, psevdogenlar, onkogenlar, rekombinatsiyalanuvchi genlar kashf etildi.
    Biokimyo
    Biokimyo, biologik kimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar haqidagi fan. Biokimyo rivojlana borib, 3 asosiy tarmoqqa bo‘linib ketdi.
    Statistik biokimyo
    Dinamik biokimyo
    Dissimilatsion biokimyo
    kimyoviy topografiya) organizmlarning kimyoviy tarkibi va ularni tashkil etuvchi moddalarning kimyoviy tuzilishini
    rganizm hujayralari va to‘qimalari tuzilishi va yangilanib turishi uchun zarur murakkab organik moddalarning sintezlanishi (assimilyatsiya)ni,
    rganizm faoliyati uchun zarur bo‘lgan energiya hosil bo‘lish jarayonida murakkab moddalarning parchalanishi (dissimilyatsiya)ni o‘rganadi

    Download 195.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 195.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qo‘llaniladigan eng muhim sohalari

    Download 195.64 Kb.