• Bioinformatika faning qisqacha tarixi
  • Bioinformatikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat
  • Bioinformatika qayerda qo‘llaniladi?




    Download 195.64 Kb.
    bet4/12
    Sana10.11.2022
    Hajmi195.64 Kb.
    #29770
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Bioinformatika fanining maqsadi, vazifasi va rivojlanishi
    Ahrorov H Hattotlik sanati va arabcha yozuv turlari uquv uslubiy qullanma, pdf storage english-text-morning-routine, Neft tarkibini aniqlash usullari, Turk xoqonligi, Genetik materialning o’zgaruvchanligi, allel genlarning o`zaro ta`sirida va natijasida bel, Kimyo oziq –ovqat sanoatida korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligi., 2-TO\'PLAMLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR, Презентация Microsoft Office PowerPoint, 01.Giperpolik tipdagi to‘lqin tenglamalarisi, Neft tarkibini aniqlash usullari, Tibbiyot genetikasining taqiqot usullari, Xusanova Shaxnoza Meyoz, 202-guruh 2-kursida tahsil olayotgan harbiy xizmatga majburlar va chaqiruvchi talabalar
    Bioinformatika qayerda qo‘llaniladi?
    Hozirgi rivojlangan dunyoda alohida fanlar katta yutuqqa erisha olmaydi. Integratsiyalashgan fanlar yoki yo‘nalishlar esa nisbatan ulkan natijalarga erisha oladi. Shu bois agar biolog o‘z navbatida axborot texnologiyalaridan, dasturlash tillaridan xabardor bo‘lsa, mehnat bozorida unga bo‘lgan ehtiyojning yuqori bo‘lishiga va o‘z navbatida katta moliyaviy manbaga erishishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda farmatsevtika, biotexnologiya, meditsina, biokimyo, biofizika, ekologiya, filogenetika, genetika kabi sohalarda bioinformatika fani va uning metodlariga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda.
    Hattoki klassik fanlardan hisoblangan sistematika, zoologiya, botanika fanlari ham so‘nggi o‘n yillikda bioinformatikaga tez-tez murojaat qilmoqda. Ayniqsa turlarni aniqlash borasida bioinformatika usullaridan keng foydalanilmoqda.
    Bioinformatika faning qisqacha tarixi
    1970-yilda niderland nazariyotchi biologi Polina Hogeveg va Ben Hesper biotik tizimdag informatsion jarayonlarni tadqiq etish davomida “bioinformatika” degan terminni qo‘llagan.
    Dastlab 1950-yillarda Frederik Senjer insulin oqsilining ketma-ketligini aniqlagan vaqtdayoq molekulyar biologiya fanida kompyuterlarning ahamiyati orta boshlagan.
    Boisi bir necha xil organizmlardagi insulin oqsilining ketma-ketligi tartibini o‘zaro qo‘lda solishtirib chiqish amaliy jihatdan imkonsiz bo‘lgan. Bu sohada ishlagan ilk tadqiqotchilardan biri Margaret Oukli Deyxoff edi.
    U birinchilardan bo‘lib oqsil ketma-ketligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plab, uni kitob holida chop etdi va ilk marotaba molekulyar evolutsiya sohasida o‘zaro bir qatorga jamlangan oqsil yoki nukleotidlar ketma-ketligini qo‘llash metodikasini ishlab chiqdi. NCBI direktori Devid Lipman uni “bioinformatikaning otasi va onasi” deb atalagan edi.
    Bioinformatikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    Normal hujayraning turli kasalliklar vaqtida qanday o‘zgarishini tadqiq etish uchun avvalo u haqidagi barcha biologik ko‘rsatkichlar o‘zaro umumlashtirilgan va bir butun sistemaga aylantirilishi lozim edi. Mana shundagina olimlar hujayraning holatiga yaxlit bir nazar sola olish imkoniga ega edilar. Xuddi mana shu nuqtada bioinformatika olimlarga juda qo‘l kela boshladi.Uning metodlari yordamida hujayradagi barcha ko‘rsatkichlarni umumlashtirish, tahlil qilish va biror yo‘nalishga talqin etish imkoni mavjud edi. Hujayradagi ushbu ko‘rsatkichlarga nukletidlar va aminokislotalar ketma-ketligi, oqsil domenlari va oqsil tuzilishi kiradi. Ma’lumotni tahlil qilish va talqin qilishning dolzarb jarayoni hisoblash biologiyasi deb ataladi.

    Download 195.64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 195.64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bioinformatika qayerda qo‘llaniladi?

    Download 195.64 Kb.