, AV, VS kesmalarga tegishli emas. Demak Davron birinchi bo`lib kelgan, ya’ni
D nuqta
B
nuqtadan chapda joylashadi. To`g`ri chiziqda nuqtalani joylashishidan bolalar quyidagi
tartibda: Davron, Botir, Ahmad, Vali, Salim marraga yetib kelishganligini aniqlaymiz.
To`plamlar o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir mantiqiy masalalarni
yechish usullari
Ma’lumki
X to`plamning har biri elementiga
U to`plamning yagona elementi mos keltirilsa
va
U to`plamning har biri elementi
X to`plamning faqat bitta elementiga mos kelsa
X va
U
to`plamlar orasidagi moslik o`zaro bir qiymatli moslik deyiladi. Shuning uchun bu turdagi
masalalarni yechish uchun to`plamlar elementlari o`rtasida talab etilgan moslikni to`g`ri
o`rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Top’lamlar elementlari o`rtasida o`zaro bir qiymatli moslikni o`rnatishga doir vaziyatlarni
xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan, graflar yordamida yoki jadvallar tuzish yo`li bilan
modellshtirish mumkin. Shuning uchun ham bu turdagi masalalarni:
a) xulosalar zanjirini qurish yo`li bilan yechishda uning shartida berilgan bog`lanishlar
alohida-alohida xulosalar shaklida ifodalanadi va har bir xulosa natijasi (oxirgidan tashqari)
keyingi xulosani keltirib chiqarish uchun asos bo`ladi va h.k.
b)graflar yordamida yechishda berilgan to`plamlar elementlarini nuqtalar bilan belgilanadi,
ular o`rtasidagi moslik
kesmalar bilan tutashtiriladi; agar to`plam elementlari orasida
qaralayotgan moslik o`rinli bo`lmasa(inkori bo`lsa),
shtrix chiziqlar bilan tutashtiriladi.
v) jadvallar tuzish yo`li bilan yechishning ta’limiy ahamiyati masala shartida berilgan
bo`g`lanishlar va ulardan keltirib chiqariladigan xulosalar zanjirini qurish ko`rgazmali
holda sistemalashtiriladi.