I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana09.01.2024
Hajmi1.38 Mb.
#133449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni man
3-tajriba topshiriqlari, 631454e00d452 3846, 333333333333 x, Islom-Karimov-xotirasiga-dars-ishlanma, 14- variant Matematikani o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyilining , el mash
1-masala. Bolalarga ustozi quyidagi quvonchli yangilikni aytdi: “ Sizlardan biringiz terma 
jamoaga taklif qilindingiz”. Uztozining bu so`zini eshitib Sobir: “O`ylaymanki, bu Botir 
yoki Vali bo`lsa kerak”,- dedi, Botir esa: “Menimcha, Vali bo`lsa kerak, chunki uning bo`yi 
baland”,-dedi, Vali esa: “ Meni taklif etishmasa kerak”,- deb e’tiroz bildirdi.Agar 
bolalarning bittasining mulohazasi to`g`ri bo`lsa, terma jamoaga kim taklif etilgan? 
Yechish. Masala shartini tahlil etish asosida birinchi bosqichda muammoning qo`yilishi va 
uni tahlil etish amalga oshiriladi. Buning uchun masala matnidan mulohazalar ajratilib, ular 
tuzilgan gipoteza bilan taqqoslanib, rost yoki yolg`on ekanligi o`rnatiladi. Masalada 
qo`yilgan savolga javobning (yechimning) to`g`riligi me’zoni sifatida uning sharti bo`yicha 
rost bo`ladigan mulohazalar soni bo`ladi. Berilgan masala uchun bu shart quyidagichadir: 
“Faqat bitta bola haq bo`lib chiqdi (rost gapirdi)” bo`ladi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan 
gipotezalarni hisobga olmasdan, jadvaldan tasdiqlangan gipotezada rost bo`ladigan 
mulohazalar sonini topa olsa, u holda bu xulosa yechimni tahlil qilish va 
umumlashtirishning natijasi bo`ladi. Masala ustida bunday usulda ish olib borish 
o`quvchilarning mantiqiy tafakkur qilish qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda
ularni gipotezalarni tuzish va tahlil etish asosida tadqiqot faoliyatiga jalb etish uchun asos 
yaratiladi. Masala shartiga asosan barcha mumkin bo`lgan gipotezalarni ko`rib chiqish 
o`quvchilarni to`la induksiya asosida xulosalar chiqarish bilan tanishtirishga sharoit 
yaratadi.
Ikkinchi bosqichda tadqiqotning barcha gipotezalari ifodalanadi, ya’ni kim terma jamoaga 
taklif etilganligi haqidagi gipotezalar olg`a suriladi. Bolalar soni uchta va ularning har biri 
terma jamoaga taklif etilishi mumkinligidan, uchta gipoteza ifodalanadiUchinchi bosqichda 
har bir gipoteza ko`rib chiqilib, tahlil etiladi va tekshiriladi. Buni har bir bolaning 
mulohazasi rost yoki yolg`on ekanligini o`rnatish orqali amalga oshirish mumkin. Gipoteza 
ifodalangandan so`ng bolalarning mulohazalarini bir qiymatli baholash mumkin bo`ladi. 
Agar, masalan, terma jamoaga Botir taklif etilgan bo`lsa, Sobirning mulohazasi rost, 
Botirning mulohazasi esa yolg`on bo`ladi. Vali aytgan mulohaza ham rost bo`ladi. Bundan 
ko`rinadiki, Botirning terma jamoaga taklif etilishi haqidagi 


gipotezada rost mulohazalar soni ikkita, shart bo`yicha esa terma jamoaga bitta bola taklif 
etilgan. Demak, bu gipoteza noto`g`ri. Xuddi shu kabi boshqa gipotezalar ham tekshiriladi. 
To`rtinchi bosqichda terma jamoaga kim taklif etilganligi haqida xulosa chiqarish mumkin 
bo`ladi. Bunda rost mulohazalar soni 1 ga teng bo`lishi zarur. O`zlarining xulosasini 
asoslash (gipotezani rad etish yoki tasdiqlash) orqali o`quvchilar dalillar asosida o`z 
mulohazalarini qurishni o`rganadilar. Beshinchi bosqichda masala yechimini tahlil etish 
jarayonida o`quvchilar bilan birgalikda uning yechimidan qo`shimcha natijalar keltirib 
chiqarish mumkin. Masalan, bolalardan kim haq bo`lib chiqqanligini o`rnatish mumkin. 
Bunday qo`shimcha savolga o`quvchining to`g`ri javobi ular tomonidan, mantiqiy 
masalalarni yechishga tadqiqot metodini ongli va tushungan holda qo`llash darajasini 
belgilaydi. Agar o`quvchi barcha rad etilgan gipotezalarni tashab yuborib, jadvalda 
tasdiqlangan gipotezaga javobi to`g`ri bo`lgan bolalarni topa olsa, u holda bu hulosa masala 
yechimini tahlil etish va umumlashtirish natijasi bo`ladi. Tadqiqot (ya’ni gipotezalar tuzish 
va tekshirish asosida yechiladigan) mantiqiy masalalarni yechimini jadval ko`rinishida 
ifodalash qulay bo`lib, jadvalni to`ldirish quyidagi reja asosida amalga oshirilishi maqsadga 
muvofiqdir:
1) Masala matnini diqqat bilan o`qish;
2) Masala matnida berilgan barcha mulohazalarni ostiga chizish;
3) Jadvalning vertical ustuniga har bir mulohazani qisqacha yozish;
4) Jadvalning gorizontal satriga barcha gipotezalarni yozish;
5) Jadvalning har bir ustunidagi rost mulohazalar sonini hisoblash;
6) Xulosa keltirib chiqarish.

Download 1.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish

Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish