I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana09.01.2024
Hajmi1,38 Mb.
#133449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni man

Masala. Qayiqchi bo`ri, echki va karamni daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga 
qayiqda o`tkazib qo`yishi kerak: Har bir kechib o`tishda u faqat bitta passajirni olib o`tishi 
mumkin. Lekin bo`ri va echkini, hamda echki va karamni qarovsiz qoldirib bo`lmaydi. 


Qayiqchi barchani qanday qilib daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga olib o`tishi 
mumkin?
Yechish. Masalani yechish jarayonida mulohazalar zanjiri tuzib, quyidagi jadvalni 
to`ldiramiz 
Bir qirg`oqda 
Daryo 
Ikkinchi qirg`oqda
Bo`ri, Karam 
Qayiqch i, Echki 
Bo`ri, Karam 
Qayiqchi 
Echki 
Karam 
Qayiqchi, Bo`ri 
Echki
Karam 
Qayiqchi, Echki 
Bo`ri
Echki 
Qayiqchi, Karam
Bo`ri
Echki 
Qayiqchi
Bo`ri,Karam
Qayiqchi, Echki 
Bo`ri, Karam
Masalani 2-usulda quyidagicha yechish mumkin 
Bir qirg`oqda
Daryo
Ikkinchi qirg`oq
1) Bo`ri, Karam
Qayiqchi, Echki
2) Bo`ri, Karam
Qayiqchi
Echki
3) Bo`ri
Qayiqchi, Karim
Echki
4) Bo`ri
Qayiqchi, Echki Karam
5) Echki
Qayiqchi, Bo`ri
Karam
6) Echki
Qayiqchi
Bo`ri, Karam
7)
Qayiqchi, Echki
Bo`ri, Karam
Sekin asta kechib o`tishga doir masalalar mazmuni murakkablashib boradi.
 
II BOB. Boshlang’ich sinf matematika darslarida mantiq elementlarini o’rgatishda 
ta’lim texnologiyalaridan foydalaninsh. 


2.1 Boshlang’ich sinflarda matematik mantiq elementlarini o’rgatish 
Boshlang`ich sinflar matematika kursiga mantiqiy masalalarning kiritilishini, bir tomondan, 
bu masalalarni yechish o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazib, ulardan 
o`z fikrini mantiqiy izchillik asosida ifodalash ko`nikmalarini tarkib toptirishi bilan 
izohlansa, ikkinchi tomondan, bu masalalarni yechishda hisoblashlarni bajarish umuman 
kerak bo`lmasligi yoki yordamchi rol o`ynab, faqat arifmetikaga doir ma’lumotlar bilan 
chegaralanishi orqali izohlanadi.
Kombinatorik masalalarni yechish ham mantiqiy masalalar kabi o`quvchilarning matematik 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir o`tkazadi.
Mantiqiy, kombinatorik va nosatndart masalalarda keltirilgan holatlar, vaziyatlarni tahlil 
etish asosida o`quvchilar zaruriy axborotni izlash va ajratish ko`nikmalarini egallaydilar, 
sabab-oqibat bog`lanishlarini o`rnatadilar, mulohaza qilishning mantiqiy zanjirini qurib
konkret shartlarga tayangan holda masalaning eng qulay samarali yechish usullarini tanlash 
va yechish kabi o`quv faoliyatining kompotensiyaisi shakllantiriladi va rivojlantiriladi. 
Gipotezalarni tuzish va tekshirish asosida yechiladigan mantiqiy masalalar o`quvchilarning 
tadqiqot qilish ko`nikma va malakalarini rivojlantirib, quyidagi bosqichlarni o`z ichiga 
oladi:
1) muammoning qo`yilishi;
2) qo`yilgan muammoni o`rganish;
3) tadqiqot gipotezasini tuzish;
4) gipotezani tekshirish(gipotezani tasdiqlash yoki rad etish);
5) xulosalarini ifodalash;
6) hosil qilingan xulosalarni tahlil etish va umumlashtirish.
Bu bosqichlarni quyidagi masalani yechish asosida konkretlashtiramiz.



Download 1,38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish

Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish