• 1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish
  • I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/14
    Sana09.01.2024
    Hajmi1.38 Mb.
    #133449
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni man
    3-tajriba topshiriqlari, 631454e00d452 3846, 333333333333 x, Islom-Karimov-xotirasiga-dars-ishlanma, 14- variant Matematikani o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyilining , el mash
    1-masala. Sinfda o`tkazilgan shashka musobaqasida Ahmad, Botir, Vali va Sohib ishtirok 
    etdi. Ahmad birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham egallamaganligi, Sohib ikkinchi 
    o`rinni egallaganligi, Botir esa birinchi o`rinni egallamaganligi ma’lum bo`lsa, ishtirokchi 
    bolalarning har biri qaysi o`rinni egallagan?
    Yechish. a) Bu turdagi masalalarni yechishning dastlabki bosqichida o`quvchilarda 
    xulosalar zanjirini qurish ko`nikmalarini


    tarkib toptirishning quyidagi uslubini qo`llash samaralidir: o`qituvchi tomonidan masala 
    shartida berilgan bog`lanishlar alohida-alohida xulosalar zanjiri sifatida ifodalangan 
    kartochkalar tuzilib, har bir o`quvchiga tarqatiladi va ular ochiq qoldirilgan joylarni 
    to`ldiradilar. Masalan, yuqoridagi masalani yechishda o`qituvchi quyidagi mulohazalar 
    zanjiri ko`rsatilgan kartochkalarni: “Ahmad birinchi o`rinni ham, oxirgi o`rinni ham 
    egallamagan, demak, u 2- o`rinni, yoki 3- o`rinni egallashi mumkin. Sohib 2- o`rinni 
    egallagan. U holda Ahmad 2- o`rinni egallagan. Botir birinchi o`rinni egallamagan bo`lsa, 
    u holda u 2- o`rinni egallagan. Demak Vali 2-o`rinni egallagan” o`quvchilarga tarqatib, 
    ochiq qoldirilgan joylar ular tomonidan to`ldirilgach doskada javoblarni muhokama qilish 
    maqsadga muvofiqdir.
    Bu topshiriqlar o`quvchilarda masalalarni xulosalar zanjiri qurish yo`li bilan yechish 
    ko`nikmalarini tarkib toptirishga ko`maklashadi, ularda mulohaza yuritishning faqat tarkibi 
    ko`rsatilgan bo`lib, xulosalar esa o`quvchilar tomonidan mustaqil keltirib chiqariladi.
    1.2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash 
    qobiliyatlarini o‘stirish
    Hozirgi paytda maktablarda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning asosiy 
    vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. 
    Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan 
    bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va 
    malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Masalalar yechish matematika 
    o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni 
    tasavvur ham etib bo‘lmaydi. Masalalar yechishning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan 
    u yoki bu nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonida muhim rolni va o‘quvchilarni 
    fikrlash qobilyatlarini o‘stiradi muhim ro‘l o‘ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi 
    asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu 
    tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo‘llanishini talab qiladigan 
    u yoki bu masalani echish bilan amalga oshadi. Arifmetik amallarning mazmunini amallar 
    orasidagi bog‘lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har 
    xil miqdorlar orasidagi bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan 
    foydalaniladi. Sodda masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur, 


    bo‘ladigan bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat 
    qiladi. Masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi 
    bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan 
    analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va 
    hokazolarni talab qiladi. Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. 
    Bitta amal bilan echilishi mumkin bo‘lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta 
    sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida 
    echiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi. Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush 
    bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu masalaga 2 ta teskari masala tuzish mumkin. 
    1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng daraxt shoxida 
    4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi? 2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan 
    edi, bir nechta qush uchib ketgandan so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi. 
    Kechib o`tishga doir masalalarda daryoning bir qirg`og`idan ikkinchi qirg`og`iga suzish 
    vositasi (qayiq)dan foydalanib, o`tkazish ko`rilib, bunda muammo bu vositalarning 
    yetishmasligi, ular ko`tara oladigan yuk massasi chegaralanganligi, passajirlar soni va 
    ularning tarkibi bilan bog`liq bo`ladi.
    Bu turdagi masalalarni yechimini jadval ko`rinishida ifodalash maqsadga muvofiqdir. 
    Bunda jadvalning o`rta ustuniga kechib o`tayotganlar, birinchi va oxirgi ustuniga kechuv 
    davrida mos ravishda bir qirg`oqda hamda ikkinchi qirg`oqda qolganlar yoziladi. Jadvalni 
    to`ldirishda quyidagilarga qat’iy rioya etish zarur: bitta satrda har bir kechib o`tuvchi yo 
    markaziy ustunda, yoki birinchi ustunda, yoki oxirgi ustunda faqat bir marta yoziladi. 
    Masalani yechish jarayonida o`quvchilar yo`l qo`yadigan asosiy xatoliklar ham shundan 
    iborat bo`ladiki, ular kechib o`tuvchilardan birortasini yozishni esdan chiqaradilar yoki ikki 
    marta yozib qo`yadilar.
    Bu turdagi masalalar ko`p hollarda bir nechta yechimga ega bo`ladi. Shuning uchun 
    o`quvchilar bilan birgalikda ularning hech bo`lmaganda ikkitasini ko`rib o`tish, ularni 
    taqqoslash va farqini ko`rsatish maqsadga muvofiqdir.

    Download 1.38 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I bob. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish

    Download 1.38 Mb.
    Pdf ko'rish