Kurs ishining оb’ekti
– o‘quvchilar bilimini raqamli vositalar
yordamida baholash tizimini tahlil qilish.
Kurs ishining predmeti
– Umumta’lim maktab o‘quvchilari bilimini
raqamli vositalar yordamida baholash tizimini ishlab chiqish.
Kurs ishining maqsadi
– “Umumta’lim maktablari uchun o‘quvchilar
bilimini raqamli vositalar yordamida baholash tizimi” mavzusida videodars
yaratish.
Kurs ishidan kutilayotgan natija
–
“O‘quvchilar bilimini raqamli
vositalar yordamida baholash” mavzusini chuqurroq o‘rganishni ta’minlash,
videodars orqali ushbu mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikmaga ega bo‘lish.
9
I.BOB. O‘QUVCHILAR BILIMINI RAQAMLI VOSITALAR
YORDAMIDA BAHOLASHNING NAZARIY ASОSLARI
1.1.Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning
afzalliklari
O‘quvchilarda raqamli o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun
ma’lumotlar bilan ishlash, olingan axborotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlashtirmasdan
tanqidiy mulohaza yuritishga o‘rgatish tobora dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
Maktab o‘quvchilarida raqamli resurs va vositalar yordamida o‘rganish
ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quvchilarning analitik fikrlashga o‘rgatish sinf
rahbari, fan o‘qituvchisi, maktab jamoasidan daxldorlik hissi va ijtimoiy faollikni
talab etadi. Raqamli o'rganishning asosiy qismi, muhim ma'lumotlarni aniqlash va
olgan natijalardan foydalanib, mustahkamlashga imkon beruvchi analitik fikrlash
bosqichlarini amalga oshirishni talab etadi. Analitik fikrlash, muammolarni aniqlab
chiqish va nostandart jarayonlarda qo‘llay olishga yordam beradi.
Raqamli o‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘z qiziqishlari yoki tanlangan
mavzu, yo‘nalish va sohaga doir o'rgangan bilimlarni solishtirish, avvalgi
o‘rganilgan ma‘lumotlar bilan yangi ma‘lumotlarni taqqoslash hamda olingan
xulosalar asosida natijalarni jamoaga ya‘ni dars jarayonida kichik va katta
guruhlarda muhokama qilish, fan o‘qituvchisiga loyiha ishi sifatida taqdim etish
o‘quvchining raqamli vosita va resurslar asosida o‘rgangan bilimlarini tajribada
qo‘llash imkonini oshiradi. Raqamli o'rganish asosida shakllangan bilimlar va
o'rgangan natijalarni amalga oshirib borish, katta va kichik jamoada fan
o‘qituvchilari ishtirokida muhokama qilish o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan
ishtiyoqini oshiradi. Raqamli vositalar va resurslar yordamida bilim olish va
o‘rganish jarayonida tanlangan raqamli o‘rganish resurslari ta‘lim oluvchiga olgan
bilimni qisqa muddatlarda o‘z bilimini tekshirish va baholash imkoniga ega bo‘ladi.
Raqamli resurslarga turli platformalar, ijtimoiy tarmoqlardagi ta‘limga oid
bloklar, mobil ilovalar, elektron darsliklar, internet saytlari, videolar, audio kitoblar
va boshqa elektron formatdagi ta'lim materiallari kiradi. Raqamli resurslardan
foydalanish o'quvchilarga iste'mol qilgan materialni istalgan vaqtda o'zlashtirish
10
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, raqamli resurslar o'quvchilar uchun
tayyorlangan misollar, mashg'ulotlar va test savollarni ham o'z ichiga oladi.
Raqamli vositalarga kompyuterlar, smartfonlar, planshetlar, netbook va
notebooklar hamda boshqa elektron qurilmalar misol bo`ladi. Raqamli vositalarning
asosiy vazifasi raqamlar bilan ishlashdan kelib chiqadi. O'quvchi raqamli
vositalardan foydalanib, kitob o'qish, darslarni tinglash, video darslarni ko‘rishi,
topshiriqlarni bajarish jarayonida foydalanishi va raqamli resurslarga kirish uchun
foydalanadi.
Raqamli vositalar orqali o‘quvchilar ta‘lim muassasalarida dars berayotgan
fan o'qituvchilar bilan e-mail yoki chat orqali bog'lanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bu usul orqali o‘quvchilar fanga oid yangiliklar haqidagi savollarga javob olishlari,
qo'shimcha ma'lumot so'rashlari va fikr bildirishlari mumkin. Pandemiya davsirda
o‘quvchilar mavzu doirasida bajargan topshririqlarini ham telegram ijtimoiy
tarmog‘idan yuborishib fanlardan o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtirmaganliklari haqida
ustozlar bilan chatlashib-xabar almashishgan.
Raqamli vositalar ta'lim sohasida yangiliklarga va qo‘shimcha bilimlarga ega
bo‘lish hamda xabarlashishni osonlashtiradi va o‘quvchilarning fanga oid muhim
ma‘lumotlarga tezroq erishishini ta'minlaydi.
|