|
I bob. Texnologik quvurlar chilangarlik ishlari texnologiyasi
|
bet | 13/14 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 301,16 Kb. | | #257659 |
Bog'liq TEXNOLOGIK QUVURLARASOSIY TAYANCH IBORALAR:
1. Texnologik quvurlar;
2. Magistral quvur;
3. Flanetsli birikma;
|
4. Payvand-chokli birikma;
5. Pnevmatik va gidravlik sinash;
6. Truba kompensatori;
7. Quvurlarni izolyatsiyalash.
|
ASOSIY TAYANCH TUSHUNCHALAR:
*Quvurlarni montaj qilish 2 bosqichdan iborat:
1 - bosqichda quvur o`tadigan trassa (yo`l) belgilanadi va quvurlarni ko`tarib turadigan tayanchlar o`rnatiladi. Quvurlar uchun ishlatiladigan asosiy tayanch turlari 8.1 - rasmda ko`rsatilgan.
2- bosqichda trubalar yig`ilib, bir-biri bilan bog`lanib yaxlit quvur tayyorlanadi va tayanchlarga o’rnatiladi.
* Quvurlarni sinov turlari: mustahkamlik va zichlikka tekshirish, sinov usullari esa - gidravlik va pnevmatik.
*Quvurlarni ishlatishda quyidagi nosozliklar uchraydi: flanetsli, payvandli va muftarezbali birlashmalarda nosozlik; ventil va jo`mraklarda nosozlik; salnikli ziqlagichlar va trubalarning yeyilishi; trubalarda darz paydo bo`lishi; trubalarning uzilishi; vibratsiya natijasida truba birlashmalari boltlari va rezbalarining bo`shashi.
TAKRORLASH VA MUNOZARA UCHUN SAVOLLAR
Texnologik quvurlar tayanchlari orasidagi masofani L aniqlash formulasini yozing.
Quvurlar qanaqa turlarga bo’linadi?
Po’latdan yasalgan quvurlarni o’rnatish tartibini gapirib bering.
Rangli metall va qorishmalardan, plastmassadan va shishadan yasalgan quvurlarni o’rnatish tartibini gapirib bering.
Quvurlar nima maqsadda issiqlik izolyatsiya qilinadi?
Plastmassali quvurlarni mustahkamlikka tekshirish ularni payvandlashdan keyin necha soat o`tgandan keyin o`tkaziladi.
Po`latdan yasalgan quvurlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering.
Rangli metall va qorishmalardan yasalgan quvurlarnidlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering
Shishadan yasalgan quvurlarni sinovdan o`tkazish tartibini aytib bering. U boshqa quvurlardan nimasi bilan farq qiladi?
Quvurlarda uchraydigan nuqson va nosozliklarni gapirib bering.
|
| |