|
I bob. Texnologik quvurlar chilangarlik ishlari texnologiyasi
|
bet | 12/14 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 301,16 Kb. | | #257659 |
Bog'liq TEXNOLOGIK QUVURLAR1.7. Quvurlarni ta`mirlash
Quvurlarni ishlatishda quyidagi nosozliklar uchraydi:
flanetsli, payvandli va muftarezbali birlashmalarda nosozlik;
ventil va jo`mraklarda nosozlik;
salnikli ziqlagichlar va trubalarning yeyilishi;
trubalarda darz paydo bo`lishi;
trubalarning uzilishi;
vibratsiya natijasida truba birlashmalari boltlari va rezbalarining bo`shashi.
Trubalar yeyilgan, uzilgan va darz ketgan bo`lsa, o`sha uchastka yangisiga almashtiriladi yoki payvandlash bilan ta`mirlanadi. Truba uchastkasini almashtirishda shu uchastka o`lchamlariga (diametr va uzunlik) mos yangi truba sektsiyasi tayyorlanadi. Bu quyidagi jarayonlardan iborat:
1. Tayyorlash jarayonlari (trubani tozalash, o`lchash, kesish, birlashtiruvchi uchlarni tozalash, kerak bo`lganda teshiklar ochish, bukish, otbortovka);
2. Yig`ish-payvandlash jarayonlari (fasonli detallarni yig`ish va payvandlash, quvur yig`inlarini yig`ish va payvandlash);
3. Yakuniy jarayonlar (tayyorlangan quvur uchastkasini yig`gandan keyin sinovdan o`tkazish).
Po`latdan tayyorlangan trubalarni kislorod-atsitelen gaz payvandlash va elektr-yoy payvandlash bilan kesish mumkin. Bunda truba uzunligini keraklisidan bir oz ko`proq o`lchanadi (chekka trubalar uchun zatogovka uzunligini 2-3 mm ga, o`rtadagilari uchun 4-5 mm ko`proq o`lchanadi). Po`lat trubalarni kesishning eng yaxshi usuli diskli arra bilan abraziv doira ishlatib kesish hisoblanadi. Arra kesish tekisligi truba o`qiga nisbatan perpendikulyarligi quyidagi qiymatlardan katta bo`lmasligi kerak: truba devori qalinligi 3 mm gacha bo`lganda - 0,5 mm; 3 dan 4,5 mm gacha - 1 mm va 5 mm dan katta bo`lganda - 1,5 mm.
Plastmassali trubalar disk arralari qurilma yordamida yoki shpindeli 1000-2000 ayl/min tezlikda aylanadigan tokarlik dastgohida kesiladi.
Shisha quvurlar ta`mirlanmaydi, yangisiga almashtiriladi. Ularni kesishda 0,8-1,2 mm diametrli nixrom sim o`raladi va 36 V kuchlanishli tok manbaiga ulanadi. Sim ochiq va qizil rangga kirganda ochiladi va suv sepiladi. Trubalar uchlari yirik donador karborund tosh bilan tozalanadi.
Konusli yoki shtutserli quvurlarni almashtirishda, ular odatda payvandlanadi. Ayrim hollarda esa konus va shtutser trubaga o`rnatiladi. Truba uchi razvaltsovkalanadi va birikma germetikligi ta`minlanadi. Shtutser truba bo`ylab siljimasligi uchun uni bir necha joyi trubaga kavsharlanadi. Ta`mirning bu usuli sodda, kam vaqt talab qiladi (15 daqiqa) va bunda quvurning xizmat muddati uzayadi.
Quvurlarni joriy ta`mirlashda quvur sektsiyalari orasidagi nozichliklar boltlarni tortish bilan yo`qotiladi, darz ketgan joyiga xomut qo`yiladi, paronit, asbest yoki rezina qistirmalar almashtiriladi va h.k. Kapital ta`mirlashda yeyilgan qismlar kesib olinadi, yangi qo`yiladi, payvandchoklar qayta payvandlanadi, nosoz armaturalar almashtiriladi yoki ta`mirlanadi, tayanchlar holati tekshiriladi, darzlar payvandlanadi va h.k. Ta`mirlangan quvur uchastkasi o`rnatishdan keyin o`tkaziladigan sinov tartibi bo`yicha sinovdan o`tkaziladi.
Yog` uzatiladigan quvurlar ta`mirlashdan oldin kaustik soda eritmasi bilan va issiq suv bilan yuviladi, so`ngra trubalar uchlari kuydiriladi. Bunda razvaltsovkalash osonlashadi. Trubalarning egilish joylarida ularning kesim yuzasi 10 % dan ortiq kamaymasligi lozim. Aks holda bu yerda bosim oshadi, yog` isiydi va napor kamayadi. Ulanish joylaridagi payvand choklari zanglab teshiladi. Gidroapparaturalar ulanish joylarida konussimon shtutser rezbasi yeyilganda, ular almashtiriladi.
Ta`mirlangan quvurlarga siqilgan havo yuborilib, germetiklikka tekshiriladi, so`ngra ishga tushiriladi.
Havo trubalar ulanish joylarida yoki pnevmoarmatura o`rnatish joylarida nuqsonlar paydo bo`ladi. Bunda zichlagichlar almashtiriladi. Nuqsonli joylar shisha material lentasi yoki epoksid elim shimdirilgan ip gazlama lenta bilan o`raladi.
|
| |