|
I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja
|
bet | 12/23 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 132,91 Kb. | | #261263 |
Bog'liq 114533 2- МАВЗУ.1-дарсO‘qitish – insonlar orasida yashash, hayotda turmush kechirish va faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalalar yig‘indisini o‘zlashtirishga qaratilgan ongi faoliyat ifodasidir. Uning natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta’minlanib, kelgusida turli darajadagi maxsus ma’lumotni olish imkoniga ega bo‘ladi. O‘qitishda deyarli hamma vaqt uning tarbiyaviy jihatlari yaqqol bilinib turadi. Ta’lim maqsad, mazmun, o‘qituvchining shaxsi, talabalardagi o‘qitishning moddiy – texnik bazasi va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Xalq pedagogikasida inson aqlan barkamol bo‘lishining eng muhim sharti uni bolaligidan o‘qitish va tarbiyalash, deb hisoblaydi.
O‘qish - bilim, ko‘nikma va malakalarni egallab olishning murakkab jarayoni bo‘lib, o‘quvchining intellektual, irodaviy va jismoniy kuch -g‘ayratini talab etadi hamda ularning rivojlanishini rag‘batlantiradi.
O‘qish o‘z mazmun – mohiyati jihatidan maqsad, vazifa, tamoyil, mezon va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular yordamida talabalar ma’lum bilimlarni o‘zlashtiradilar. O‘qish va uning samaradorligi talabaning har tomonlama faolligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi va bu jihatlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular: mehnat faoliyati, jamoatchilik faoliyati, kitobxonligi, kasbiy o‘yinlarni yaxshi ko‘rishligi, o‘z kasbiga oid yangi bilimlarni egallashga o‘chligi va shu kabi shakllarda namoyon bo‘ladi.
Harve Greenning fikricha ta’lim tizimi bu biror xaridor uchun qilingan xizmat emas, ammo ba’zi o‘quvchilar o‘zlarini ta’lim olishga qiziqishlarini yo‘qligi va sustligi bilan ta’lim sifatini tubdan o‘zgartirib yuboradi.2
Demak, o‘qish – bu talabalarning voqelikni bilish davomida ma’lum bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni rejali o‘zlashtirish jarayonidir. O‘qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va u shaxsning qarashlari, e’tiqodi, hatti – harakati, umumiy kamolotiga, pirovardiga esa uning xulqiga ta’sir etadigan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar majmuasining shakllanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Pedagog talabalar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o‘zining ko‘rsatmalari, yo‘naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hakozolar bilan ularning o‘quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko‘ra ta’lim birinchidan, o‘qishni, ikkinchidan, o‘qitishni, ya’ni o‘qishni va shu bilan birga uni nazorat qilish hamda tuzatish tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
|
| |