• Kundalik bilim
  • Nazariy bilim
  • Bilimlar
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet9/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar.
    Bilimbo‘ o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir.
    Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi. Ob’ektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
    Kundalik bilim sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning hatti – harakatlari va oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning vazifasi ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishga ko‘maklashish.
    Ta’lim – tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar roli va o‘rni beqiyos. Ilmiy bilim ta’lim – tarbiyani takomillashtirish muammolari yechimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa – hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va nazariy darajada bo‘ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
    Nazariy bilim – empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
    Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika – texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni ob’ektiv mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb ham ifodalash mumkin.
    Bilimlar – bu odamlarning ijtimoiy – siyosiy amaliyot jarayonida to‘plangan umumlashgan tajribasidir.
    Ilmiy bilimlar, ob’ektiv olamni ancha to‘g‘ri (batafsil) ifodalaydi. Ular doimiy emas, ular o‘zgarib, rivojlanib, takomillashib boradi va natijada doimiy iste’moldagi bilimga aylanadi, ya’ni ular tadrijiy (evolyusion) tarzda rivojlanib turadi. Bilimlar asosida talabalarning kuzatuvchanlik, sinchikovlik, tafakkur, xotira singari bilish qobiliyatlari rivojlanadi, ularda e’tiqod hosil bo‘ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi g‘oyalar tizimi tarkib topadi.

    Download 132,91 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.