• Ta’lim metodi
  • Ta’lim monitoringi
  • Ta’lim sifati
  • I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja




    Download 132,91 Kb.
    bet7/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Ta’lim menejmenti va marketingi – bu pedagogik texnologiyaning zamonaviy ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa talablarga muvofiqligini aniqlagan holda uni loyihalash, ishlab chiqarish, amaliyotga tadbiq qilish masalalarini hal qiluvchi soha.
    Ta’lim menejmenti va marketingida tegishli dolzarb yo‘nalishlar aniqlanib, mutaxassislar tayyorlash uchun takliflar tayyorlaydi, tegishli tartibda biznes – rejalari tuzish va ularni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Bunday muammolar yechimlarini topishning optimal variantini topish uchun ta’lim menejmenti va marketingi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega hamda tajribali mutaxassislar jalb etiladi.
    Ta’lim metodi – bu ta’lim jarayonida o‘qituvchi va talabalarning aniq maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir.
    Ta’lim metodi o‘qituvchi bilan talabalarning o‘qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo‘lidir.
    Ta’lim metodlari o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o‘quv materiallarini nazariy va amaliy yo‘naltirish yo‘llarini anglatadi.
    Ta’lim metodlari o‘quv materialini bayon qilishga va uni ta’lim oluvchilar yaxshi bilim olishga qaratilgan faoliyatning yo‘li, usulidir. Ta’lim jarayoni va natijalari o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usullariga bog‘liqdir. Shu sababli doimo pedagogikada ta’lim metodlariga o‘qituvchining ish usullari va ta’lim oluvchilarning bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi o‘quv vazifalarini bajarishga qaratilgandir.
    Ta’lim monitoringi – pedagogik tizim faoliyati haqida axborotlar yig‘ishni tashkil etish, saqlash, qayta ishlash va ularni sinflarga ajratish tizimidan iborat bo‘lib, kuzatilayotgan ob’ekt holatini va kelguvsida uning rivojlanishi dinamikasini oldindan bashorat qilish jarayoni.
    Ta’lim monitoringi ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasini nazorat qilish uchun ma’lumotlar yig‘ish texnologiyasi, ta’lim natijalari darajasini taqqoslash uchun kerak bo‘ladigan ma’lumotlar majmuasini tayyorlashdni amalga oshirishga imkon yaratadi.
    Ta’lim monitoringi pedagogik tizim faoliyatidan olingan daliliy xulosaviy natijalarni uning maqsadiga nechog‘lik mosligini ko‘rsatuvchi, tezkori aloqani ta’minlovchi mustaqil boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirishning didaktik asosi hamdir.
    Ta’lim monitoringi tadqiqot natijalarini muntazam ilmiy asoslangan holda kuzatish (dinamik jarayonni kuzatish uchun) hamda ularni berilgan etolon bilan qiyoslash jarayonida muntazam ravishda rivojlanib boradi.
    Ta’lim sifati – bu ta’lim jarayonining turli qatnashchilarini o‘quv massasasi tomonidan ko‘rsatilgan ta’lim xizmatlaridan qoniqish darajasi yoki ta’limda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga erishganlik darajasi.
    Sifat kategoriyasi insonning ob’ektiv reallikni bilishdagi ma’lum bosqichini ifodalaydi. Bilish jarayonining dastlabki bosqichida ob’ekt sub’ekt oldida o‘zining ayrim yoki bir necha xossasi bilan namoyon bo‘ladi. Bevosita hissiy idrokda sifat ko‘plab xossalarning majmui tarzida ko‘rinish beradi.
    Talab etilgan darajadagi ta’lim sifatiga ma’lum ijtimoiy – pedagogik tizim orqali erishish mumkin. Bu tizim quyidagi qismtizimlardan tashkil topadi: DTS; bo‘lajak mutaxassislarning me’yoriy modeli; ta’lim sifatini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari hamda monitoringi.

    Download 132,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I mavzu. Didaktika pedagogik ta’lim nazariyasi sifatida(1-dars) I. Reja

    Download 132,91 Kb.