• Falsafa va sotsiologiya
  • Siyosatshunoslik
  • Pedagogik psixologiya
  • Xususiy metodika
  • Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi




    Download 132,91 Kb.
    bet4/23
    Sana07.06.2024
    Hajmi132,91 Kb.
    #261263
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    114533 2- МАВЗУ.1-дарс

    Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Ta’lim jarayoni jamiyat rivojlanishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlari, odamlar faoliyati va hayotiy ehtiyojlari, zamonaviy fan-texnika taraqqiyotining yutuqlariga hamma ta’lim oluvchilarning shaxsiy sifatlariga qo‘yilgan katta talablarga asoslanadi.
    Didaktika sohasidagi natijalar uning oldiga yangi-yangi masalalarni ko‘ndalang qo‘yadi. Bu muammolarni hal qilish boshqa fan yutuqlaridan maksimal darajada samarali foydalanishni talab etadi.
    Falsafa va sotsiologiya jamiyat va atrof-muhit rivojining umumiy qonuniyatlari haqidagi fanlar sifatida odamlarning hayoti va faoliyatining ijtimoiy va boshqa o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olishda didaktikaga yordam beradi.
    Siyosatshunoslik ta’limdagi siyosiy hodisalar va jarayonlar bilan bog‘liq didaktik masalalarni ochish uchun xizmat qiladi.
    Etnologiya didaktikaga odamlarning milliy o‘ziga xosliklarini to‘g‘ri hisobga olishda yordam beradi, qaysiki ta’limda milliy tajribalar o‘ziga xos xususiyatga ega.
    Pedagogik psixologiya ta’lim jarayonida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayonining psixologik qonuniyatlari va tamoyillarini hisobga olishga imkoniyat beradi.
    Odam fiziologiyasi ta’lim jarayonida odam tana tuzilishi va nerv tizimining ishlash qonuniyatlarining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning roli, ahamiyati va o‘ziga xos vazifalarni ko‘rsatishga yordam beradi.
    Xususiy metodika alohida predmetlarni o‘qitishda ta’limning turli shakl va vositalarini qo‘llanishining o‘ziga xosliklarini aniq hisobga olishda didaktikaga yordam beradi.



    Download 132,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 132,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Didaktikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi

    Download 132,91 Kb.